Hududlar daromadining mahalliy budjetda qoladigan miqdori belgilandi
Ba’zi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan miqdorining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyat budjetlari va Toshkent shahri budjetida qoladigan qismi belgilandi.
«2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyat budjetlari va Toshkent shahri budjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriladi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda;
- foyda solig‘i to‘liq hajmda;
- QQS bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, QQS bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berildi.
2025 yilda ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha 2024 yilda amal qilgan taqsimlash me’yorlari saqlab qolinadi.
2025 yil uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi:
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin bo‘yicha – 10 foiz va palladiy, kumush, mis bo‘yicha – 15 foiz;
- “Navoiyuran” AJ uchun uran bo‘yicha – 16 foiz;
- “O‘zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha –15 foiz;
- oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 grammiga 2 000 so‘m miqdorida.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025
QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

20:38 / 31.01.2025
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQS to‘lovining 50 foizi qaytariladi

19:13 / 30.01.2025