Yerda (hozircha) muzliklar juda ko‘p. Ular quruqlikning taxminan 10 foizini, okeanlarning esa 7 foizini qoplaydi. Insoniyat tufayli muzliklar erib boryapti, bu butun sayyoraga ta’sir qiladi. Birinchidan, jahon okeanidagi suv sathi ko‘tarilmoqda — bu esa tez-tez sodir bo‘ladigan toshqinlar, dovullar va butun boshli mamlakatlarning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, muzning erishi va bu jarayonda suvning bug‘lanishi Yerda havo haroratini oshiradi, bu esa iqlim inqirozini kuchaytiradi. Bundan tashqari, muz va qor 90 foizgacha quyosh nurlarini qaytaradi — bunday himoya qatlami bo‘lmasa, sayyora ham tezroq qiziydi.

Qolaversa, muz erishi butun boshli ekotizimlarni o‘zgartiradi: hatto oq ayiq ham yo‘qolib ketishi mumkin. Muzliklar chuchuk suvning juda katta zaxiralaridir, shuning uchun ularning erishi suv tanqisligini keltirib chiqaradi. Aynan shu sababdan Birlashgan Millatlar tashkiloti 2025 yilni “Xalqaro muzliklarni saqlab qolish yili” deb e’lon qildi.

Meduza nashri g‘oyat go‘zal, ammo yildan yilga kamayib borayotgan muzliklar suratlarini jamladi. Tasvirlar 2024 yilda olingan.

Antarktika

Antarktika muzliklarida Yer yuzidagi barcha chuchuk suvlarning 61 foizi yig‘ilgan. Biroq 2023 yilda dengiz muzliklari maydoni sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari boshlangan 1979 yildan beri eng past ko‘rsatkichga tushdi. Dengiz muzliklarining maydoni Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Ispaniya davlatlarining umumiy maydoniga teng keladigan hududga qisqardi.

Antarktika, 2024 yil fevral Foto: Sebnem Coskun / Anadolu Agency / Getty Images
Antarktidadagi King-Jorj oroli yaqinidagi aysberg. Foto: Sebnem Coskun / Anadolu Agency / Getty Images
Shusmit muzligi. Foto: Sebnem Coskun / Anadolu Agency / Getty Images