Ekstremal ob-havo hodisalarini keltirib çiqarayotgan iqlim özgarişi bölmaganida Yevropada anomal issiqlik qurbonlari soni qariyb uç barobar kam bölardi. Bu haqda yevropalik olimlarning World Weather Attribution ilmiy loyihasida söz boradi.
Olimlar 23 iyundan 2 iyulga qadar Yevropaning 12 ta yirik şahrida qayd etilgan ölim holatlariga oid ma’lumotlarni tahlil qilgan — uşbu muddat oraliğida havo harorati 40 daraja issiqdan oşgandi. Olimlarning baholaşiça, ölim holatlarining 2,3 mingtasi jazirama va uning salomatlik uçun oqibatlari bilan boğliq.
Şu bilan birga, olimlarning ta’kidlaşiça, agar global issiqlik va ekstremal jazirama bölmaganida, qurbonlarning 1,5 ming nafari tirik bölişi mumkin edi.
Olimlar issiqlikdan ölim holatlariga doir real ma’lumotlardan foydalanib, iqlim özgarişining ta’siri hisobga olinmagan sun’iy ssenariyni modellaştiriş orqali tadqiqot ötkazgan.
Global isiş oqibatlaridan yuzaga keladigan ölim holatlari eng köp 65 yoşdan kattalar orasida kuzatilgan — 88 foiz. Tadqiqot mualliflaridan biri bölgan London imperial kolleji Ben Klarkning sözlariga köra, «anomal issiqlik özidan örmon yonğinlari yoki böronlar kabi vayronagarçilik izini qoldirmaydi. Uning oqibatlari asosan közga körinmaydi, biroq vayronkor. Atigi 2–3 darajadagi özgariş minglab odamlar uçun hayot va ölim örtasidagi farqni anglatişi mumkin».












