Livanga yangi prezident saylandi
Livan parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aunni mamlakat prezidentligi lavozimiga sayladi.
Qayd etilishicha, Jozef Aun prezidentlik lavozimiga saylanish uchun kerak bo‘ladigan 86 ta ovozdan ko‘proq to‘plagan. Armiya qo‘mondoni nomzodiga 128 nafar parlamentariyning 99 nafari ovoz bergan. Deputatlardan biri esa byulletenni buzib, unga amerikalik siyosatchi Berni Sandersning ismini yozib yuborgan.
Livanda 2022 yil oktyabrda Mishel Aunning prezidentlik vakolati yakunlanganidan beri davlat rahbari lavozimi bo‘sh qolib kelayotgandi. Livanda prezidentni saylash jarayoni Konstitutsiya va hokimiyatning konfessional taqsimotiga asoslangan mamlakat siyosiy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tartibga solinadi. Livan prezidenti 128 deputatdan iborat parlament tomonidan olti yil muddatga saylanadi va u ketma-ket ikkinchi muddatga ushbu lavozimni egallay olmaydi.
1964 yilda tug‘ilgan Jozef Aun 2017 yil martdan beri Livan armiyasi qo‘mondoni lavozimini egallab kelayotgandi. U Livan harbiy akademiyasida ta’lim olgan va keyinroq AQSh hamda Fransiyada malaka oshirgan. Faoliyati davomida Livan qurolli kuchlaridagi muhim lavozimlarni egallagan, jumladan, brigadalarni boshqargan va mamlakat hududida terrorizmga qarshi kurash strategiyasida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
00:14 / 28.12.2024
OAV: Livanda Bashar Asadning qarindoshlari hibsga olindi
11:33 / 03.12.2024
Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
16:42 / 01.12.2024