26 noyabr kuni keçqurun Isroil va Livan örtasida öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuv tuzilgani e’lon qilingandi. 13 bandni öz içiga oladigan bitimga köra, Isroil 60 kun içida öz qöşinlarini qöşni mamlakat janubidan olib çiqişi, «Hizbulloh» kuçlari Litani daryosidan şimolga ketişi, janubiy çegarada ularning örnini Livan xavfsizlik kuçlari va muntazam armiya egallaşi lozim. Livan janubida yaşovçi aholi sulh e’lon qilinganidan keyin öz uylariga qaytişni boşladi, ularning köpçiligi uylari örnida xarobalar ustidan çiqişgan.

The New York Times naşrining Planet Labs sun’iy yöldoş tasvirlari tahliliga asoslanib qilgan hisob-kitoblariga köra, noyabr oyi boşigaça Isroil mudofaa armiyasi Livan hududida mingdan ortiq binoni yöq qilgan — asosan mamlakat janubi va poytaxt Bayrutning janubiy çekkasida. Meys al-Jabal va Mhabib kabi ayrim qişloqlar amalda yer yuzidan supurib taşlangan. Isroil tomoni bu amaliyotdan maqsad «Hizbulloh»ning uşbu qişloqlarda joylaştirilgan infratuzilmalari, qurol omborlari, platsdarmlari va tunnellarini yöq qiliş ekanini ma’lum qilgandi.

«Hizbulloh» zarbalari oqibatida Isroil tomonida ham vayrongarçiliklar yuzaga kelgan, ammo hozirça mahalliy aholining köpçiligi sulh buzilişi va harbiy harakatlar qaytadan boşlanişidan çöçib, uylariga qaytişga şoşilmayapti. Quyida sönggi oylardagi harbiy harakatlar çegaraning ikki tomonida qanday izlar qoldirgani aks etgan suratlar.

Livan

Livan janubidagi Nabatiya şahridagi ofis binolaridan birida portlaş oqibatida çang bilan qoplangan fotokamera
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Tirda isroilliklar zarbasiga uçragan uylardan biridagi fotosurat
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA