Yaqin Şarqdagi tinçlik — mört materiya, ayniqsa havoda hali tungi bombardimondan keyingi tutun tarqamagan va tinçlik davri tomonlardan biriga ekzistensial xavf tuğdirişi mumkin bölgan şaroitda.

«Hizbulloh» rozi bölgan sulh şartlaridan biri uning kuçlari Isroil bilan janubiy çegara yaqinidan olib ketilişidir. Bu amalda guruhni özining asosiy missiyasi — yahudiylar davlatiga qarşi kuraşişni samarali amalga oşirişdan mahrum etadi.

«Hizbulloh» Livanda katta harbiy qudratga aylanişi va kuçli siyosiy ta’sirga ega bölişini ta’minlagan Eronning qöllovi va pullari birinçi navbatda «umumiy sionist duşman»ga yaqin bölgani uçun berilardi, «Hizbulloh» Tehronni xursand qiliş uçun Isroilga bor imkoniyati bilan jismoniy bosim ötkazib turişi kerak edi.

Livan hududi içkarisiga ketişi «Hizbulloh»ni qiyin ahvolga solib qöyadi. Guruhga Eronning kömagi saqlanib qoladimi, uning maqsadlari özgaradimi va u Yaqin Şarqdagi yangi kuçlar muvozanatida öz ta’sirini yöqotmaydimi? BBC şarhlovçisi Anastasiya Uspenskaya şu mavzuni tahlil qildi.

Eron taşlab qöymaydi

Yuqoridagi qöyilgan savollarning barçasiga, heç bölmaganda yaqin kelajak uçun tasdiq ma’nosida javob beriş mumkin.

Sulh e’lon qilinganidan keyingi ilk soatlardayoq Bayrutdan mamlakat janubi tomon yuzlab avtomobillar yölga tuşdi. Janubiy hududlar aholisi hali Isroil qöşini ketmaganiga qaramay, öz uylariga qaytişga şoşilmoqda. Foto: AFP 

«Hizbulloh» — Eron çegaralaridan taşqarida harakatlanuvçi eng qudratli va eng funksional eronparast kuç bölib, Tehron şaffofligi va hayotiyligi hali noma’lum bölgan qandaydir tinçlik kelişuvini deb bunday kuçli ta’sir kuçidan voz keçişi dargumon.

Bundan taşqari, Eron hukumati Isroil bilan töğridan töğri töqnaşuvdan manfaatdor emas. Joriy yil aprel va oktyabr oylarida Tehron tomonidan amalga oşirilgan bir neça raketa zarbalari — Eron bu bosqiçda tayyor bölgan maksimum işdir.

«Hizbulloh» Yaqin Şarq mintaqasining Isroil joylaşgan mazkur qismida Eronning «qöllari» bölib qoladi. Va zaiflaşgan (Isroil uning yuzlab obektlarini vayron qildi) va boşsiz qoldirilgan (Hasan Nasrulloh ölimidan keyin) harbiy harakatlarda yuzaga keladigan tanaffus Eronga guruh asta-sekinlik bilan tiklanişida yordam berişi uçun qöl kelişi mumkin, deb hisoblaydi Britaniyadagi mudofaa masalalari böyiça tahlil markazi (RUSI) ekspertlari.