Livandagi «Hizbulloh» harakati 2 dekabr, duşanba kuni Isroil armiyasi pozitsiyalariga «özini-özi mudofaa qiliş uçun ogohlantiruvçi zarba» berganini ma’lum qildi. Unda aytilişiça, Isroil Livanga havo hujumlari va öq uziş orqali öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzmoqda.
Isroil harbiylariga köra, «Hizbulloh»dan ikkita raketa uçirilgan, biroq qurbonlar yöq. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu zarbaga «qat’iy javob» berilişiga va’da berdi.
Avvalroq Livan rasmiylari Isroil qöşinlari bir neça aholi punktlarini öqqa tutgani, natijada kamida ikki kişi halok bölgani haqida xabar bergan edi.
Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) da’vo qilişiça, harbiy maşinalarga «Hizbulloh» harbiy infratuzilmasi yaqinida, Bekaa vodiysi va Suriya bilan çegara yaqinida hujum qilingan. Isroil harbiylari hujumlardan birida livanlik askar yaralanganini tan oldi va voqea örganilayotganini aytdi.
Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining aytişiça, Bayrut hozirgaça Isroil tomonidan kamida 54 ta qoidabuzarlikni qayd etgan.
Ayni paytda Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar mamlakati öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzgani haqidagi xabarlarni rad etib, «Hizbulloh»ni Litani daryosidan janubga qurol va kuçlarni olib ötişda aybladi.
30 noyabr, şanba kuni TSAHAL Isroil harbiy-havo kuçlari Suriyadan Livanga qurol olib ötişda faol foydalanilgani taxmin qilinayotgan Suriya va Livan örtasidagi çegara ötiş joylariga tutaşgan «Hizbulloh» harbiy infratuzilma obektlariga «razvedka zarbasi» yöllagani haqida xabar bergan edi.
UNRWA Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berişni töxtatdi
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) öğirlik va transportni olib qoçiş holatlari köpaygani sababli Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berişni töxtatişga qaror qildi. UNRWA «qiyin qaror»ni 1 dekabr kuni e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, 16 noyabr kuni gumanitar yordam olib ketayotgan yuk maşinalari karvoni qurolli tödalar tomonidan olib qoçilgan. 30 noyabr kuni ham xuddi şunday hodisa yuz berdi: bir neçta oziq-ovqat taşuvçi maşinalar olib qoçildi. «Gumanitar yordam xodimlari va yuklarini himoya etiş mas’uliyati okkupatsiya qilayotgan davlat sifatida Isroil zimmasida. Ular Ğazo sektoriga yordamning xavfsiz oqimini ta’minlaşi kerak», — deya ta’kidlaydi UNRWA.









