Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi» - Saida Mirziyoyeva
Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchilari yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi bilan Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan Prezident maktabi o‘quvchilarini tabrikladi.
«Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasida g‘olib deb topildi», — deb yozadi u o‘zining Telegram kanalida.


Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari Pahlavon G‘ulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan.
Bugun, 14 yanvar kuni Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shaxsan topshirdi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.


«Yoshlarimizning bu ajoyib muvaffaqiyati barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, shuningdek, prezidentimiz tanlagan barqaror va «yashil» rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Biz o‘quvchilarimizga yanada yuksak yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
09:00 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva va Yerlan Karin sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:21 / 22.06.2026