Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi
Ratsiondagi kichik o‘zgarishlar ham salomatlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kundalik bir stakan sut dunyoda eng keng tarqalgan saraton turining oldini olishi aniqlandi.

Foto: iStock
Oksford universiteti olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, kundalik sut iste’molini oshirish saratonning oldini olishda oddiy va qulay usul bo‘lishi mumkin.
Ichak saratoni dunyoda eng ko‘p tarqalgan uchta onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi. Bu kasallikka chalinish holatlarining yarmidan ko‘pini, shunchaki, sog‘lom turmush tarzini yuritish orqali cheklash mumkin. Asosiy xavf omillari qatoriga tamaki chekish, jismoniy faollik yetishmasligi, spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish va nosog‘lom ovqatlanish kiradi.
Yangi tadqiqot parhez va kasallikning rivojlanish xavfi o‘rtasidagi aloqani o‘rganishda eng yirik izlanishlardan biri bo‘ldi. U ratsiondagi kichik o‘zgarishlar sezilarli foyda keltirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Masalan, kunlik bir stakan sut ichishdan tashqari, alkogol va qizil go‘sht iste’molini kamaytirish ham saratonning oldini olishda yordam berishi mumkin.
Mutaxassislarning aniqlashicha, kuniga qo‘shimcha 20 gramm spirtli ichimlik iste’mol qilish ichak saratoni xavfini 15 foizga oshiradi. Har kuni 30 grammdan ortiq qizil va qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilish esa xavfni 8 foizga ko‘tarishi ma’lum bo‘ldi.
Olimlar ichak saratoni xavfiga sutning ta’sirini baholash uchun ikki bosqichli yondashuvni qo‘lladi. Avval ular 542 mingdan ortiq ayolning genetik ma’lumotlarini tahlil qildi. Bunda katta yoshda laktozani hazm qilish qobiliyati bilan bog‘liq genetik variantlarga alohida e’tibor qaratildi. So‘ngra tadqiqotchilar ishtirokchilarning kunlik sut iste’moli haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi.
Natijalar ajoyib: kuniga qo‘shimcha ravishda 244 grammlik bir stakan sut ichish ichak saratoni xavfini 17 foizga pasaytirishi aniqlandi. Bu ta’sir barcha turdagi — yog‘li, yog‘sizlantirilgan va yarim yog‘li sutlar iste’mol qilinganda kuzatildi.
Qizig‘i shundaki, sutning himoya ta’siri boshqa omillarga — turmush tarzi yoki ovqatlanish rejimiga aloqador bo‘lmagan.
Bunday ta’sirning aniq sabablari hali to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsa-da, olimlar bir nechta farazlarni ilgari surmoqda. Birinchidan, sut tarkibida kalsiy ko‘p bo‘lib, u ichakdagi potensial zararli moddalarni o‘ziga bog‘lashi va zararli hujayralarning nobud bo‘lishiga yordam berishi ma’lum.
Ikkinchidan, ko‘pgina sut mahsulotlari hujayra o‘sishini boshqaradigan va saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan D vitaminini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, sutdagi laktoza yallig‘lanishga va saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi modda — butirat ishlab chiqaradigan foydali bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi.
Shuningdek, sut tarkibida kon’yugirlangan linol kislotasi mavjud bo‘lib, 2021 yildagi laboratoriya tadqiqotlarida u saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
Biroq sut hammaga ham mos kelmaydi. Laktozani ko‘tara olmaslik, sut mahsulotlariga allergiya yoki boshqa parhez cheklovlari bo‘lgan kishilar ovqatlanish tartibini o‘zgartirishdan oldin, albatta shifokor bilan maslahatlashishi lozim.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kellog: AQSh Ukrainada Yevropa kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqda
Jahon | 13:07
-
Suriyada Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlari olqishlandi
Jahon | 12:27
-
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda uchrashuv sodir bo‘ladimi?
Jahon | 12:26
-
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi
Jahon | 12:23
Mavzuga oid

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

20:13 / 29.04.2025