Bayden o‘z oilasining besh nafar a’zosini afv etdi
Jo Baydenning prezidentlik lavozimidagi oxirgi qarori oila a’zolarini afv etish bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, oilasi muntazam ravishda hujum va tahdidlarga uchrab kelgan.

Foto: AP
Jo Bayden prezidentlik lavozimidagi oxirgi qarori o‘z oilasining besh nafar a’zosini oldindan afv etish bo‘ldi.
«Men Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarimga muvofiq, Jyeyms Bayden, Sara Jons Bayden, Valeri Bayden Ouens, Jon Ouens va Frensis Baydenni afv etaman», — deyiladi Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida (Tramp lavozimga kirishganidan keyin u arxivga olib qo‘yilgan).
Jo Baydenning ta’kidlashicha, uning oilasi muntazam ravishda hujum va tahdidlarga uchrab kelgan. «Afsuski, ushbu hujumlar to‘xtashiga ishonishim uchun asos yo‘q», — deydi Bayden. Uning qo‘shimcha qilishicha, afv etish — bu biror-bir qonunbuzarlik yoki aybni tan olishni anglatmaydi.
Shuningdek, Bayden 77 yoshli biznesmen va siyosatchi Jyerald Landergan va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qamalgan Kolumbiya shahar kengashining sobiq a’zosi Ernest Uilyam Kromartiyeni afv etgan. Bundan tashqari, Bayden 1975 yilda hindular rezervatsiyasida ikkita FQB agentini o‘ldirishda ayblangan tub aholi vakili — Leonardo Peltiyerning umrbod qamoq jazosini yengillashtirdi. Peltiyer 80 yoshda, u jazoning qolgan qismini uy qamog‘ida o‘tkazadi.
Dekabr oxirlarida AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgandi. Jo Bayden ularning jazosini muddatidan oldin shartli ozod etilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirgan. Shundan so‘ng afv etilganlarning ikki nafari prezident qaroridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat arizasi kiritgan.
Undan oldinroq AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etgandi. Hanter Baydenga qarshi noqonuniy qurol saqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ish ochilgan edi. Oq uy rahbari amerikaliklar ota va prezidentning o‘g‘lini afv etish qarorini tushunishlariga umid bildirgan.
Shuningdek, bugun, 20 yanvar kuni Bayden AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq rahbari Mark Milli, mamlakatning sobiq bosh infeksionisti Entoni Fauchi, 2020 yil yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan hujumni tergov qilgan Vakillar palatasi qo‘mitasi a’zolari va xodimlarini afv etdi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

17:24 / 13.04.2025
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?

19:46 / 28.03.2025