Jahon | 22:54 / 27.01.2025
5438
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Fransiyaning «jig‘iga tegmaslik» uchun yangi suvosti kemasi nomini o‘zgartiradi

Buyuk Britaniyaning Astute sinfiga kiruvchi suvosti kemasi «Azenkur» nomini olgan, ammo u o‘zgartiriladi. Bu britanlar XV asrda Azenkur yaqinidagi jangda fransuzlar ustidan qozongan g‘alabasini eslatib turmaslik uchun amalga oshirilmoqda.

Foto: Britaniya qirollik floti

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari Fransiya bilan kelishmovchilikka bormaslik uchun atom suvosti kemasi nomini o‘zgartiradi, deb xabar beradi LBC radiosi.

Astute sinfiga kiruvchi suvosti kemasining HMS Agincourt («Azenkur») nomi HMC Achilles («Axilles»)ga o‘zgartiriladi.

The Independent’ning qayd etishicha, suvosti kemasi nomi Fransiyaga XV asrida Azenkur yaqinida jangda inglizlarning fransuzlar ustidan erishgan g‘alabasini eslatib turmaslik maqsadida o‘gartirilmoqda. U shu kabi nomga ega bo‘lgan oltinchi kemaga aylanishi kerak edi, ammo Buyuk Britaniya qiroli uni o‘zgartirishni allaqachon ma’qullab bo‘ldi.

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlariga ko‘ra, yangi nom «Yevropa va Yaponiyada yaqinlashib kelayotgan Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alaba kunlariga mos keladi», chunki shu kabi nomga ega kemalar 1939 yilda La-Plata janglarida ishtirok etgan. O‘shanda Buyuk Britaniya Ikkinchi jahon urushida yirik dengiz jangiga ilk bor qo‘shilgan edi, shuningdek, ushbu kema Okinava jangida ham qatnashgan.

Mavzuga oid

E`lonlar