Rossiya hukumati Ukraina tomonida jang qilgan avstraliyalik asirga olinganini tasdiqladi
Avstraliya tomoni Rossiyadan asirga olingan fuqaroning ozod etilishini talab qilmoqda. O‘zini 32 yoshli biologiya o‘qituvchisi deb tanishtirgan Oskar Jyenkins dekabr oyida rossiyalik harbiylar tomonidan ushlangan edi.

Oskar Jyenkins
Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida jang qilgan Avstraliya fuqarosi Oskar Jyenkins Rossiya tomonidan asirga olingan. Bu haqda Avstraliya TIV rahbari Penni Vong ma’lum qildi.
«Avstraliya hukumati Rossiyadan Oskar Jyenkins tirik va hibsda ekani bo‘yicha tasdiqlov oldi», — deydi tashqi ishlar vaziri.
Vongning ta’kidlashicha, hukumat Jyenkinsning taqdiridan «jiddiy xavotirda» va allaqachon Moskvaga harbiy asirlar bilan xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravishda munosabatda bo‘lish kerakligini bildirgan.
TIV rahbarining aytishicha, Avstraliya hukumati Rossiyani Jyenkinsni ozod etishga chaqiradi. «Agar Rossiya Jyenkinsga xalqaro gumanitar huquqlarga mos ravishda himoya taqdim etmasa, bizning javobimiz aniq bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qiladi u.
The Guardian’ning qayd etishicha, Jyenkins qanday sharoitda saqlanayotgani to‘g‘risida ma’lumot juda kam. Rossiya tomoniga ko‘ra, avstraliyalik RF hududida hibsda saqlanmoqda, uning sog‘lig‘i esa «normal» deya baholangan.
Dekabr oyida «voyenkor» Aleksandr Sladkov rossiyalik harbiylar avstraliyalik asir bilan muloqot qilgani va uni bir necha bor urgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Erkak o‘zini 32 yoshli biologiya o‘qituvchisi Oskar Jyenkins deb tanishtirgan. U Avstraliya va Ukrainada yashashini bildirgan.
15 yanvar kuni ABC telekanali Jyenkins o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar bunda UQK tarkibida jang qilayotgan boshqa xorijliklarga tayangan. Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan edi.
Mavzuga oid

15:30 / 28.05.2025
AP: Rossiya qamoqxonalarida 200 dan ortiq ukrainalik harbiy asir halok bo‘ldi

11:39 / 26.05.2025
«Azov» qo‘mondoni almashinuv asirga olingan «azovchilar»siz o‘tganini tanqid qildi

12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti

21:25 / 28.04.2025