O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti
Kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat +5…+8 daraja, janubda esa +10…+12 darajagacha iliydi.

Foto: Kun.uz
Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyati shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0...–5 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni +5...+8 darajagacha, janubda +10...+12 darajagacha isitadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toshkent shahrida juma kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Harorat +2...+4 daraja bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari –2...–5 daraja, kunduz kunlari +5...+8 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:04 / 01.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

11:08 / 28.02.2025
Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

19:10 / 27.02.2025
Mart oyi boshida biroz sovuq bo‘ladi, keyin kunlar isiydi – O‘zgidromet

16:19 / 26.02.2025