Suriyadek ittifoqçisidan ayrilgan Rossiyaning nigohlari bugun Liviyaga qaratilgan. Bu Moskvaga Afrikadagi mavjudligi va Yevropaga ta’sirini mustahkamlaş imkonini beradi. Professor Farhod Karimov Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida mavzuni xaritalar uzra şarhlab berdi.

— Liviyadagi bugungi hukmron kuçlar qaysilar?

— Bugungi kunda Liviya yaxlit davlat emas. 2011 yildagi Arab bahori voqealaridan keyin, mamlakat ikkiga bölinib qolgan. Mamlakatning ğarbiy qismlari, xususan poytaxt Tripoli şahrini BMT, Ğarb va ayniqsa Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan rasmiy hukumat nazorat qiladi.

Mamlakatning katta qismida esa dunyo hamjamiyati tomonidan rasman tan olinmagan armiya boşqaruvi örnatilgan. Armiyaga Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiy armiyasi safida xizmat qilib, katta şon-şuhratga erişgan general Xalifa Haftar boşqaradi. U fuqarolik uruşi boşlangaç 2009 yilda özi tuğilib ösgan Benğoziy şahrida bir guruh harbiylarni jamlagan holda, Liviyaning bir qator hududlarini birlaştirib, Milliy Liviya armiyasi tuzilganini e’lon qilgan.

Liviya tarixdan Turkiya bilan yonma-yon yurgan, çunki Turkiya bir paytlar Usmonlilar imperiyasining Afrika mintaqasidagi tayanç nuqtalaridan biri bölgan. Şu sabab Liviyadagi eng asosiy taşqi öyinçilardan biri bu aynan Turkiya.

— Hozir Liviyada Rossiyaning qanday kuçlari mavjud?

— Muammar Qazzofiy hokimiyatga kelganida, asosiy ittifoqçisi sifatida SSSRni tanlagan. SSSR esa öşa paytda Afrika mintaqasida Ğarb ta’sirining kuçayişi va özining mintaqadagi ta’sir doirasini saqlab qoliş maqsadida bu yerdagi bir qança mamlakatlar bilan birga Liviyani, jumladan Muammar Qazzofiy hukumatini qöllab-quvvatlagan. Bu yölda SSSR tomonidan markaziy çöl hududlari, jumladan, Tobruk, Benğoziy va boşqa bir qator şaharlar atroflarida özining harbiy bazalarini şakllantirişga erişgan. Liviya armiyasining asosiy instruktorlari va qurol-yaroğ bilan ta’minlovçilari SSSR hukumati bölgan.

Ittifoq parçalanganidan keyin esa Rossiya bu hududdagi manfaatlarni meros qilib olgan va Muammar Qazzofiy hukumatini saqlab qolişning imkoni bölmagaç, unga munosib voris sifatida general Haftarni qöllab-quvvatlaşni boşlaydi va quruqlik hamda havodan unga yordam beriş maqsadida bir qator harbiylarni Liviya hududiga joylaştirgan.

Şuningdek, Rossiya mazkur hududdan butun Markaziy Afrikada öz ta’sirini örnatiş hamda mintaqaning qolgan davlatlariga qurol-yaroğ yetkazib berişda foydalangan.

— Rossiyaning Liviyaga köçirayotgan kontingentlari qanday harbiy qurilmalarni öz içiga olgan?

— 2023 yilda Vladimir Putin va general Haftar örtasidagi muloqotdan keyin, Rossiya Liviyaning rasmiy hukumati uyuştirişi mumkin bölgan ehtimoliy havo hujumlari hamda quruqlikdagi hujumlardan generalni himoyalaş maqsadida Benğoziy şahri atroflariga qiruvçi samolyotlar va tanklar joylaştirgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Şuningdek, Tripoli va Misr bilan çegaradoş hududlarda doimiy post-patrul nazoratini amalga oşiriş uçun “Tigr” broneavtomobillari yetkazib berilgani aytilgan. Tekislikdagi janglar uçun minomyotlar va pulemyotlar ham olib kelingani haqida ma’lumotlar mavjud.

Hozirda Suriyadan ham bir qator harbiylar, jumladan, dengiz qöşinlari Liviyaga köçirilgani töğrisidagi axborotlar sizdirilgan. Suriyaning Tartus portidan harbiy resurslarni Liviyaning Örta Yer dengizidagi Tabruk portiga taşiş möljallangani aytilyapti. Benğoziy atrofida joylaşgan aviabaza esa Suriyadagi harbiy havo texnikalarini köçiriş uçun asosiy joy sifatida qaralyapti.

Bundan taşqari, sun’iy yöldoşlar Tripoli bilan çegaradoş hududda joylaşgan nisbatan kiçikroq harbiy bazada ham yuk taşuvçi samolyotlar faolligini qayd etgan.

— Ğarb, Turkiya, Misr va BAAning Liviyadagi manfaatlari Rossiyaning rejalari bilan qanday töqnaş keladi?

— Yevropa juda katta miqdorda energiya resurslariga muhtojligi sabab Afrika qit’asi Ğarb iqtisodiyoti uçun nihoyatda muhim strategik hudud hisoblanadi. Şuning uçun Markaziy va Şimoliy Afrika qit’alarida Rossiya va Ğarb örtasida katta geosiyosiy raqobat paydo bölgani tabiiy holat.

Sanksiyalar joriy etilguniga qadar Yevropaning asosiy energetika ta’minotçisi Rossiya edi va uning Ğarbga nisbatan asosiy bosimi aynan energetika sohasidan bölgan. Ğarb mana şunday energetik bosimdan xalos böliş maqsadida sönggi 25 yil davomida bir qança loyihalarni amalga oşirgan. Ulardan biri – 2003 yilda, ya’ni hali Muammar Qazzofiy tirik bölgan davrda Italiya boş vaziri bilan birga taşkil qilingan, qiymati 6 mlrd dollardan köproq bölgan Yaşil oqim quvuri loyihasi edi.

Bu quvur orqali Liviyadagi katta gaz zaxiralari avval Italiyaga, Italiya orqali esa butun Yevropaga yetkazib beriş közda tutilgan. Bu loyiha Ğarb tomonidan qöllab-quvvatlangan, Rossiyaga esa yoqmagan, albatta, çunki bu Ğarbda Rossiya gaziga alternativ energiya resurslari topilişi va Rossiyaning Ğarbga ta’siri kamayişini anglatar edi. 2004 yilda işga tuşirilgan Yaşil oqim quvuri hozirgaça işlatilib keladi va Liviya gazini Yevropaga yetkazib beruvçi asosiy yönaliş hisoblanadi.

Liviyaning energetik resurslar nuqtayi nazaridan muhim ekanidan kelib çiqib, qudratli davlatlar bu mamlakatda öz ta’sir doirasini kengaytirişga harakat qiladi. Şuning uçun ham Turkiya Liviya qirğoqlarini nazoratga olişga urinadi, çunki barça mahsulotlar avvalo qirğoqqa keladi va öşa yerdan eksportga jönatiladi, qirğoqlardagi nazoratning Turkiya kompaniyalariga berilişi esa mamlakatga katta moliyaviy foyda olib keladi.

Yagona hukumatga ega bölmagan katta energetik resurslar markaziga intiliş borasida Ğarb, Turkiya, Rossiya va Örta Yer dengizi davlatlari örtasidagi raqobat keçmoqda. Bu hududga Rossiya, Turkiya yoki Ğarb davlatlari bilan hamkorlikdagi loyihalarga investitsiya kiritiş orqali jarayonga aralaşişga urinayotgan yana bir davlat bu – Birlaşgan Arab Amirliklari. Bundan taşqari, Liviya Misr uçun ham nafaqat iqtisodiy, balki harbiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham nihoyatda muhim hudud hisoblanadi.

— Liviyadan taşqari Rossiya yana qaysi Afrika davlatlarida mavjud va nima maqsadda?

— Rossiya Yevropa Ittifoqi hamda NATOga ta’sir ötkazişda turli vositalar va usullardan foydalanişga harakat qiladi. Bunda Örta Yer dengizi geosiyosiy muloqot va savdolar uçun Rossiyaga qöşimça kuç beradi. Liviyaning şimoliy qismi Yevropaning NATOga a’zo davlatlariga juda yaqinligi Rossiyaga bu hududlarni kuzatiş, kemalardan qatnovi va rejalardan xabardor bölib turiş imkoniyatini beradi.

Umuman, Rossiyada SSSR davridan beri nafaqat Liviya, balki butun Markaziy Afrikaga katta qiziqiş mavjud bölgan. Sönggi 4-5 yil içida Markaziy va Ğarbiy Afrikadagi Mali, Burkina Faso, Niger va Sudanda inqiloblar yuz berdi, bu davlatlarda hozir harbiy xuntalar hokimiyat tepasiga kelgan va ularni Rossiya turli vositalar yordamida doimiy ravişda qöllab-quvvatlab keladi.

Avval Rossiya bu davlatlarni qöllab-quvvatlaşda “Vagner”dan foydalangan, biroq Prigojin voqeasidan keyin, Afrika korpusi loyihasi işga tuşirildi. Hozirda Mali. Niger, Burkina Faso, Sudan va Markaziy Afrika Respublikasida Afrika korpusining harbiy batalyonlari mavjud.

Rossiya aynan Ukraina masalasidagi muzokaralarda Ğarbga öz ta’sirini saqlab qoliş uçun ham aynan Afrikada öz mavjudligini uşlab turişga nihoyatda jiddiy harakat qiladi, albatta.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.