Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona, Andijon va Navoiyda fuqarolarni xorijga ishga yuborishini aytib pul olgan shaxslar ushlandi
Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Qo‘qon va Navoiy shaharlari, Oltinko‘l hamda Izboskan tumanlarida xorijga ishga yuborishini aytib, fuqarolardan pul olayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. fuqaro A.G‘.ning ishonchiga kirib, uni va xotinini tanishlari yordamida Koreyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 12 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning ishonchiga kirib, uni 15 500 dollar evaziga Amerikaga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Izboskan tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, uni va xotinini Latviyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.-c.” MChJ boshqaruvchisi O.O‘. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Germaniyaga ishga yuborishi evaziga fuqaro A.B. orqali 2 200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

20:19
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

15:07
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi

12:22
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi

22:19 / 14.07.2025