Tailandda 186 mln dollarlik firibgarlik ishiga aloqador ayol hibsga olindi
Mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik ishi doirasida jinoyatchilar o‘zini harbiy shifokor sifatida tanishtirgan va Tailanddagi xalqaro kompaniya filialining moliyaviy direktori ishonchiga kirib olgan.

Foto: The Central Investigation Bureau
Tailanddagi Xat’yay xalqaro aerportida mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik ishiga aloqador ayol hibsga olindi, deb xabar beradi Bangkok Post.
Ma’lum qilinishicha, Oratai ismli ayol 6,3 milliard batlik (186 million dollar) firibgarlik ishida gumonlanmoqda. Uning hibsga olinishi 2022 yilgi tergov bilan bog‘liq. O‘shanda Essilor Manufacturing kompaniyasining ikki nafar top menejeri transmilliy jinoiy sxema qurboniga aylangani aniqlangan edi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar LinkedInʼda amerikalik harbiy shifokorning soxta profilidan foydalanib, xalqaro kompaniyaning Tailanddagi filialini moliyaviy direktori ishonchiga kirib olgan. Firib natijasida korporativ hisobraqamlardan 186 million dollar o‘g‘irlangan.
Oratai nigeriyalik hamkori iltimosiga ko‘ra bank hisobraqamini ochganini tan olgan, chunki u chet el fuqarosi bo‘lgani uchun o‘zi bu ishni qila olmagan.
Kompaniya moliyaviy direktori allaqachon qo‘lga olingan va unga ayblov e’lon qilingan, hukumat Tailand va Nigeriya fuqarolari bo‘lgan qariyb 100 kishini hibsga olish orderini bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida Germaniya va bir qancha Bolqon davlatlari tergov organlari telefon firibgarlarining yirik umumevropa tarmog‘ini fosh qilgandi. Firibgarlik tarmog‘iga ulangan qo‘ng‘iroq markazlari G‘arbiy Bolqonning to‘rtta davlati va Livanda aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

19:00 / 13.03.2025
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

11:16 / 02.03.2025
Uchta hududda imtiyozli kredit olib berishini aytib odamlarning pullarini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

22:32 / 27.02.2025