Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spotify o‘z tarixida birinchi marta daromad ko‘rdi
2024 yil davomida striming servis 1,14 mlrd yevroga yaqin daromad ko‘rgan. Uning umumiy foydalanuvchilari soni 675 mln kishiga yetgan.
Spotify striming servisi 2024 yilda o‘z tarixida birinchi marta 1,14 milliard yevroga yaqin daromad ko‘rdi. Bu haqda Shvetsiyaning Spotify Technology CA kompaniyasi hisobotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Kompaniya hisobotiga ko‘ra, Spotifyʼning umumiy faol foydalanuvchilari soni 675 million kishigacha oshgan — tahlilchilar o‘sish ko‘rsatkichlarini 664,9 million deya prognoz qilgandi. Pul to‘laydigan mijozlari soni esa 263 million kishiga yetgan (tahlilchilar prognozi — 254,9 million).
4 fevral kuni Nyu-York fond birjasida Spotify aksiyalari 7,5 foizga, 590 dollargacha qimmatlashgan. 3 fevral kuni savdolar yopilganida aksiyalar 549,08 dollar qiymatda sotilgan.
Striming servis rahbariyati yillar davomida audiokitoblar va podkastlarni kengaytirishdan so‘ng rentabellikka e’tibor qaratishga qaror qilganidan keyin 2024 yilda Spotify aksiyalari 138 foizga oshgan.
Avvalroq 2024 yilda Telegram messenjeri o‘zining 3 yillik monetizatsiyasi davomida ilk marta daromadga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. So‘nggi to‘rt yilda Telegram 2 milliard dollarlik qarzlarini yopgan. Ularning katta qismi joriy yil kuzda chiqarilgan Telegram obligatsiyalari hisobiga qoplangan.
Mavzuga oid
01:01 / 29.11.2024
Italiyada 22 mln obunachiga ega bo‘lgan «qaroqchi» televizion tarmoq yopildi
11:42 / 29.06.2024
Spotify sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik qo‘shiqchilar akkauntini o‘chirib tashladi
14:40 / 04.12.2023
Spotify xarajatlarini kamaytirish uchun 1,5 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
08:02 / 19.01.2017