Alisher Usmonov Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi
Sud nashrga Alisher Usmonovning Rossiya hukumati bilan «xizmat va hamkorlik evaziga» noqonuniy ravishda mol-mulk qo‘lga kiritganini da’vo qilishni taqiqladi.

Foto: Reuters
Hamburg hududiy sudi Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga USM Holding asoschisi Alisher Usmonov haqidagi qator yolg‘on ma’lumotlarni, jumladan, aktivlarni noqonuniy yo‘l bilan sotib olgani haqidagi xabarni tarqatishni taqiqladi.
Bu ayblovlar Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalarini oqlash uchun ishlatilgan va Germaniyada milliarderga nisbatan tergov boshlanishiga sabab bo‘lgan, deb xabar berdi EU Today.
Gap 2024 yil noyabr oyi oxirida nashr tomonidan chop etilgan, muallifi Andrey Popov bo‘lgan maqola haqida ketmoqda. Tadbirkorning advokati nashrga xat yubordi, uni olgandan so‘ng Tagesspiegel maqolani o‘chirib tashladi, biroq bunday ayblovlarni tarqatishdan tiyilish talabini bajarmadi. Usmonov Hamburg hududiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi va sud uni qanoatlantirdi.
Sud nashrga Alisher Usmonovning Rossiya hukumati bilan «xizmat va hamkorlik evaziga» noqonuniy ravishda mol-mulk qo‘lga kiritganini da’vo qilishni taqiqladi. Sud Tegernzeye ko‘lidagi ko‘chmas mulk va «Dilbar» yaxtasining tadbirkorga tegishli ekani haqidagi da’volarni isbotlanmagan deb topdi. Sud Usmonovning Bavariyaning Rottax-Egern shahrida «ko‘p yillar yashagani» haqidagi da’vo arizachining shaxsiy huquqlarini buzgan va asossiz deb topdi. Sud, shuningdek, rossiyalik tadbirkorning «Frankfurt prokuraturasi tomonidan qo‘yilgan ayblovlardan qutulib qolgani» haqidagi da’voni tarqatishni taqiqladi. Darhaqiqat, prokuratura unga qarshi ochiq ayblov qo‘yishdan bosh tortdi va Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatilgan edi.
Tadbirkor matbuot kotibining aytishicha, sud qarori «Yevropa Ittifoqi rasmiylarining shaxsiy sanksiyalarni oqlash borasidagi chalkash yondashuvining yana bir tasdig‘idir». Alisher Usmonovni himoya qilayotgan advokat Yoaxim Shtaynxofel sud qarorini «muhim nuqta» deb atadi.
2024 yil yanvarida Hamburg sudi tadbirkorning Amerikaning Forbes jurnaliga qarshi da’vosini ham qanoatlantirdi va Usmonov Vladimir Putinning «yaqin odami» ekani va Myunxenda ko‘chmas mulkka egaligi haqidagi da’volarni yolg‘on deb topdi. Iyun oyida xuddi shu sud Germaniyaning Tegernseer Stimme nashriga tadbirkorning Bavariyada villasi borligi haqidagi da’voni tarqatishni taqiqladi. Oktabr oyida sud Germaniyaning ARD telekanalida Usmonov Parij Olimpiadasidagi qilichbozlik turnirida «hakamlarga pora berish tizimini» yaratgani haqidagi bayonotlarni tuhmat deb topdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston | 12:35
-
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
Sport | 12:23
-
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:22
-
Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi
O‘zbekiston | 12:15
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

08:37
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

23:20 / 23.04.2025