Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi
Petitsiya Donald Trampning Daniyadan Grenlandiyani sotib olish borasidagi taklifiga javoban ishga tushirilgan. Murojaat mualliflari buning uchun 1 trln dollar yig‘ishni taklif qilmoqda.

Foto: AP
AQShdan Kaliforniya shtatini 1 trillion dollar evaziga sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ortiq daniyalikning imzosini to‘pladi. U AQSh prezidenti Donald Trampning Daniyadan Grenlandiyani sotib olish taklifiga javoban ishga tushirilgan edi.
«Siz qachondir xaritaga qarab, o‘ylaganmisiz: «Bilasizmi, Daniyaga nima kerak? Ko‘proq quyosh, palmalar va rolikli konkilar»… Keling, Kaliforniyani Donald Trampdan sotib olamiz! Ha, yanglish eshitmadingiz. Kaliforniya bizniki bo‘lishi mumkin», — deyiladi petitsiya chaqirig‘ida.
Petitsiyada Kaliforniyaning bir qator afzalliklari, jumladan, «Yilda 300 quyoshli kun», «texnologik ustunlik», avokado plantatsiyalari va «Disneylend» mavjudligi keltirilgan. Oxirgi nomni esa «Hans Kristian Andersenlend» deb o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Murojaat mualliflari buning uchun 1 trillion dollar yig‘ishni taklif qilmoqda.
«Viking shlemidagi Mikki Maus? Ha, marhamat», — deb yozadi petitsiya mualliflari. Kampaniya tashabbuskori Ksave Dyutuaning AR’ga aytishicha, bu g‘oya uning xayoliga Filippinda ta’tilda bo‘lganida — amerikalik sayyoh Trampning Grenlandiya haqidagi taklifini baland ovozda muhokama qilayotganini eshitganida kelgan.
Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish AQSh milliy va iqtisodiy xavfsizligi uchun «mutlaq zarurat» ekanini ta’kidlab kelmoqda. Ushbu fonda Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orol aholisi AQSh va Daniyadan mustaqil bo‘lishni xohlayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Donald Tramp bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini izlayotganini ma’lum qildi.
Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallash rejalari haqidagi bayonotlari orol aholisi manfaatlariga zid ekanini ta’kidlagan. «Tramp Grenlandiyani qo‘lga kirita olmaydi. Grenlandiya — bu Grenlandiya. Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», degandi Rasmussen.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

08:00 / 08.04.2025
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

09:30 / 29.03.2025