Jeddah Tower qurilişi qayta boşlandi – Saudiya Burj Xalifani ortda qoldira oladimi?
|15:38 / 14.02.202510 3369 min
2013 yilda Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Jeddah Tower deb atalgan osmonöpar bino qurilişi boşlanadi. Biroq 2018 yilda binoning 67 qavati kötarilgan paytda moliyaviy muammolar tufayli quriliş töxtatiladi. Bundan bir neça kun oldin Qirollik oilasi Jeddah Tower qurilişi qayta boşlanişini ma’lum qildi.
XX asrgaça olti qavatdan baland bino qurilmagan. Bunga baland binolarga zinalar örnatiş, uning tepa qismiga suv çiqariş qiyinligi va boşqa omillar sabab bölgan.
Elektrdan foydalaniş ommalaşgandan söng XX asr boşlarida baland binolar qurilişi boşlanib ketadi. Osmonöpar binolar qurilişi esa 1930-yillardan avj oladi.
Hozirgi ölçovlarga köra bino osmonöpar maqomini olişi uçun u kamida 150 metr va undan baland qilib qurilişi kerak. Şuningdek, 300 metrdan baland qilib qurilganlari juda baland osmonöpar binolar deb ataladi.
Ma’lumotlarga köra, hozirgi paytda dunyoda balandligi 150 metrdan oşadigan qariyb 5 mingta bino bor. Yana mingga yaqini quriliş jarayonida.
Ular orasida qurib bitkazilgan juda baland osmonöpar binolar soni 200 ga yaqin. Qurilayotganlari esa 130 tadan oşadi. Şuningdek, 200 dan oşiq osmonöpar bino qurilişi töxtatilgan. Ular orasida juda baland maqomiga ega bölganlari soni 40 ta.
Bir paytlar dunyoda eng köp osmonöpar binolar AQŞda edi. Sönggi 30 yilda vaziyat tubdan özgardi va şiddat bilan rivojlangan Xitoy birinçi öringa çiqib oldi.
Hozirgi kunda “Çin yurti”da 2 100 tadan oşiq osmonöpar bino bor. Ikkinçi örinda AQŞ – 800 tadan oşiq. Keyingi örinlarda BAAda 252 ta, Yaponiyada 252 ta, Janubiy Koreyada 220 ta, Avstraliya 110 ta, Singapur va Malayziyada 90 ta.
Sobiq ittifoq respublikalari orasida eng köp osmonöpar bino Rossiyada – 50 ta atrofida.
Qurilişi töxtatilgan osmonöpar binolar orasida Saudiya Arabistonining Jidda şahrida qurilayotgan Jeddah Tower binosi ham bor. Yaqinda saudiyaliklar quriliş işlari qayta boşlanişi haqida xabar berdi.
Bu bino şunisi bilan ahamiyatliki, agar u bitsa Dubaydagi Burj Xalifani quvib ötadi va dunyodagi eng baland binoga aylanadi.
Mavzuga oid
Jeddah Tower
Saudiyada Dubaydagi Burj Xalifadan ham baland bino quriş rejasi haqida ilk xabarlar 2000-yillar oxirlarida çiqqandi. Loyiha taşabbuskori Yaqin Şarqdagi eng boy odamlardan biri, Saudiya şahzodasi Valid ibn Talal hisoblanadi.
Avvalroq Valid qirollik oilasiga tegişli Kingdom Holding Company kompaniyasi prezidenti edi. 2009 yilda bölajak qurilişni moliyalaştiriş uçun maxsus kompaniya – Jeddah Economic Company (JEC) taşkil etiladi. 2010 yilda Valid ibn Talal quriliş kompaniyasi bilan şartnoma imzolaydi.
Valid ibn Talal
Saudiya qirollik oilasi bu binoni Jidda şahridan 32 km uzoqlikdagi çölda, Qizil dengizning Şarm Al-Bihar körfazi yaqinida qurişni rejalaştiradi.
Bino va uning içida joylaşadigan turli uskunalar loyihasi böyiça bir neçta taniqli kompaniya işlaydi. Jumladan, loyihani Britaniyaning Hyder Consulting kompaniyasi işlab çiqadi.
Arxitektura loyihasini Saudiyaning Omrania & Associates kompaniyasi tayyorlaydi. Muhandislik işlarini bajariş Britaniyaning Arup kompaniyasiga topşiriladi.
Loyiha menejeri sifatida Amerikaning Bechtel korporatsiyasi tanlanadi. Taniqli arxitektor Edrian Smit loyiha boş arxitektori etib tayinlanadi.
Arxitektor Edrian Smit
2010 yilda AS+GG Architecture kompaniyasi binoning quriliş loyihasi tayyor bölganini ma’lum qiladi. Loyihada bino balandligi 1 097 metr bölişi belgilangan. Jeddah Tower bitsa Dubaydagi Burj Xalifadan 180 metr balandroq böladi.
Boşida Jeddah Tower binosining balandligini 1 600 metr qilib quriş rejalaştiriladi. Biroq bino quriladigan joydan olingan yer jinslari tekşirib körilganda, u yerda 1 000 metrdan baland bino tiklab bölmasligi ayonlaşadi. Şundan söng binoni ming metrdan sal oşiqroq qilib qurişga qaror qilişadi.
Loyihaga köra bino 167 qavatdan iborat, quriladigan umumiy maydon 530 ming metr kvadrat bölişi rejalaştirilgan. Binoga ofislar, mehmonxonalar, aholi xonadonlari, savdo markazi joylaştiriş közda tutilgan.
Jeddah Tower binosining qiymati 1,2 mlrd dollarga, osmonöpar binoni öz içiga oladigan Kingdom City şaharçasi loyihasi esa 20 mlrd dollarga baholangan.
Şaharça 80-100 ming aholi yaşaşi uçun möljallab quriladi va unda boylar uçun haşamatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes va savdo markazlari böladi.
Kingdom City
Qurilişning boşlanişi
2012 yilda Germaniyaning Bauer kompaniyasi pudratçi kompaniya bilan binoning 120 metrli poydevorini quriş böyiça kelişuv imzolaydi. 2014 yilda poydevor qurilişi bitadi va binoning asosiy qismini quriş işlari boşlanadi.
2016 yil yozda binoning markaziy öq qismida 61 qavat, xonalar hisobida esa 50-qavat qurib bitkaziladi. Öşanda uning balandligi 246 metrga yetgandi.
2018 yil boşida moliyaviy muammolar tufayli quriliş töxtab qoladi. Öşanda quruvçilar Jeddah Tower binosining 67-qavatini qurib bitkazişgandi.
Köp ötmay qurilişning qayta boşlanişi haqida xabarlar tarqaladi. 2020 yil boşlarida yana bir neçta qavat quriladi va işlar yana töxtab qoladi. Hozirgi paytda Jeddah Tower’ning 71-qavati qurib bitkazilgan. Rejaga köra bino 167 qavat bölişi kerak.
Jeddah Towerbitsa undan qanday foydalaniladi?
Rejaga köra osmonöpar bino bitsa, uning yertölasidagi ikkita qavatda avtoturargoh, texnik xonalar, savdo dökonlari va restoranlar joylaşadi.
1-qavatda kutib oliş zali va ofislar hududi, 2-qavatda töliq savdo markazi joylaşadi. Binoning 27 ta qavatida (3-5, 16-17, 29-32, 48-50, 90-92, 141-143, 158-167) texnik qavatlar böladi.
Jami 67 ta qavatda (6-15, 18-28, 35-46, 51-63, 67-78, 80-88) ofislar joylaşadi. 7 ta qavatda (33-34, 65-66, 93, 125-126) yuqoriga kötarilişda lift almaşadigan ötiş manzillari böladi.
20 ta qavat (94-113) yaşaş xonadonlari uçun ajratiladi. 4 ta qavatda (47, 64, 79, 89) yonğin xavfsizligi uskunalari joylaştiriladi.
Jeddah Tower bitgandan söng uning tomoşa maydonida 113 km radiusdagi joylarni köriş mumkin böladi.
Jeddah Tower qaçon bitadi?
2025 yil 20 yanvar kuni Kingdom Holding Company osmonöpar bino qurilişi qayta boşlanganini e’lon qildi.
Rejaga köra binoni 42 oyda, 2027 yilning yozigaça qurib bitkaziş közda tutilgan. Bino içini ta’mirlaş işlarini 2028 yilda tugatib, öşa yildan boşlab Jeddah Tower’dan foydalaniş rejalaştirilgan.
Jeddah Tower va uning atrofida quriladigan şaharça Saudiyada 2016 yilda e’lon qilingan Saudi Vision 2030 loyihasining bir qismi hisoblanadi.
Bu loyihaga köra, 2030 yilgaça Saudiya Arabistoni hozirda neftdan keladigan foydaga boğlanib qolgan YaIM hajmining ma’lum bir qismini sayyohlik va yana bir qator boşqa sohalarni rivojlantiriş orqali topişni maqsad qilgan.
Umumiy hisobda 2030 yilga qadar Saudiyada har birining qiymati bir neça mlrd dollarni taşkil etadigan 20 dan ortiq loyihalar işga tuşirilişi kerak.
Jumladan, Tabuk viloyatidagi şaharça, Ar-Riyoddagi köngiloçar maskan va boğ, Dariyya viloyatidagi şahar, Ar-Riyoddagi Qirol Salmon nomidagi park, metro va boşqa loyihalar qurib bitkazilişi rejalaştirilgan.
Qurilişi rejalaştirilgan boşqa binolar
Dubaydagi Burj Xalifa bitgaç dunyoning bir neçta davlatlarida balandligi undan ötadigan binolarni quriş rejalaştiriladi.
Jumladan, BAAda 1 345 metr balandlikdagi Dubai Creek Tower osmonöpar binosini quriş loyihalaştirilgan. 2016 yilda Muhammad ibn Raşid Al Maktum bino poydevori qurilişining oçiliş marosimida qatnaşgandi.
2018 yilda poydevor bitadi. Biroq bino qurilişi boşlanmaydi. 2020 yilda koronavirus işlar boşlanişiga tösqinlik qiladi.
Keyinçalik bino arxitekturasi özgartirilişi va şu tufayli Dubai Creek Tower qurilişi noma’lum muddatga töxtatilgani e’lon qilinadi.
Şuningdek, yaponlar Tokioda 1 700 metrli Sky Mile Tower binosini qurişni rejalaştirgan. Bu binoda asosan aholi xonadonlari böladi va bitsa unda 55 ming odam yaşaşi mumkin.
Keyingi paytlarda Sky Mile Tower qurilişi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. U aniq quriladimi yoki töliq bekor qilindimi, hozirça aniq emas.