Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meta butun sayyora bo‘ylab suvosti internet kabelini tortadi
Mazkur loyiha 10 mlrd dollarga baholanmoqda. Waterworth loyihasi AQSh, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya va boshqa mintaqalarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi.
Meta kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 50 ming kilometrli suvosti kabelini tortish rejasi haqida e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.
Texnologik gigantning ma’lum qilishicha, Waterworth loyihasi AQSh, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya va boshqa mintaqalarni o‘zaro bog‘laydi. U tarixdagi eng uzun suvosti kabeli bo‘lishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Meta ijtimoiy tarmoqlardan tashqari, sun’iy intellekt (SI) va uni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmalar sohasidagi ishtirokini ham kengaytirishga urinmoqda. Kompaniyaga ko‘ra, uning yangi kabeli beshta qit’ani bir-biri bilan bog‘laydi va SI sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga yordam beradi.
«Loyiha iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi, raqamli texnologiyalarni yoyishga ko‘maklashadi va ushbu mintaqalardagi texnologik rivojlanish imkoniyatlarini ochadi», — deyiladi korporatsiya xabarida.
Mazkur loyiha haqida o‘tgan yilning dekabrida ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda kompaniya rejasini amalga oshirish uchun 10 millirad dollar investitsiya talab etilishi taxmin qilingandi.
Meta internet kabellarini tortish bo‘yicha boshqa loyihalarda, jumladan, Echo i Bifrost, Havhingsten, Amite i Anjana’da ham ishtirok etib keladi. Bundan tashqari, kompaniya ayni vaqtda dunyodagi eng uzun kabel tizimi — 2Africa’ning asosiy egasi hisoblanadi. Yanvar oyida Meta Tayvan va AQShni bog‘lab turuvchi ORCA internet kabelini tortishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
15:58 / 30.01.2026