Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi konda yetti kishi ko‘chki ostida qoldi
«Jomart» konidagi shaxtada tog‘ jinslarining ko‘chishi yuz berdi. Hodisa joyiga FVB, shuningdek, kinologlar hamda tibbiyot xodimlari yuborilgan.
Foto: Getty images
Qozog‘istonning Ulug‘tog‘ viloyatida joylashgan «Jomart» konidagi shaxtada tog‘ jinslarining ko‘chishi yuz berdi, deb yozadi Tengrinews.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, shaxtada yetti nafar ishchi qolib ketgan. Hodisa joyiga viloyat va tuman FVB, shuningdek, kinologlar hamda tibbiyot xodimlari yuborilgan.
«Ayni vaqtda qutqaruv bo‘linmalari tomonidan avariya-qutqaruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Konga egalik qiluvchi «Qozoqmis» kompaniyasining ma’lum qilishicha, tog‘ jinslarining ko‘chishi «Jomart» konida sodir bo‘lgan. Oqibatda yetti nafar ishchi vayronalar ostida qolgan. Ulug‘tog‘ viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, hodisa joyiga tez yordam xizmatining uchta brigadasi jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvari boshlarida Samarqand viloyatidagi «Qoraqo‘ton» tog‘ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan, ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025