O‘zbekiston | 19:04 / 21.02.2025
15760
2 daqiqa o‘qiladi

Keyingi haftada harorat keskin pasayishi kutilmoqda

24–27 fevral kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari –9 darajagacha, kunduz kunlari 0 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» agentligi.

24–27 fevral kunlari respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.

Yomg‘ir yog‘ib, 25–27 fevral kunlarida qorga aylanadi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba’zida 23–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

26–27 fevral kunlariga borib havo harorati kechalari 0…–5 darajagacha, shimolda –6…–9 darajagacha, kunduz kunlari 0…+5 darajagacha pasayadi.

Bundan oldinroq dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turishi, shanba va yakshanba kunlari aksariyat hududlarda harorat kechalari +3…+8 daraja, kunduz kunlari +15…+20 daraja, ba’zi joylarda +22 darajagacha bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid