Tesla ruldagi muammolar sabab 376 mingdan ziyod mashinasini chaqirib oladi
Tesla tomonidan 2023 yilda ishlab chiqarilgan Model 3 va Model Y avtomobillari rul kuchaytirgichlarida muammolar aniqlandi. Shu bois ushbu modeldagi elektromobillarning bir qismi chaqirib olinadi.

Foto: Reuters
Amerikaning Tesla kompaniyasi rul kuchaytirgichdagi muammolar sabab 376 mingdan ziyod avtomobillarini chaqirib oladi. Bu haqda AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasiga (NHsA) xabarida so‘z boradi.
«Tesla 2023 yilda ishlab chiqarilgan, dasturiy ta’minoti versiyasi 2023.38.4 gacha bo‘lgan Model 3 va Model Y avtomobillarining bir qismini chaqirib oladi. Elektron rul kuchaytirgich platasida ortiqcha kuchlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa avtomobil to‘xtab, so‘ng qayta tezlashganda rul kuchaytirgichning ishlamay qolishiga olib keladi», — deyiladi xabarda.
Hujjatga ko‘ra, chaqirib olinishi kutilayotgan avtomobillar soni 376 ming 241 tani tashkil etadi.
Kompaniya dasturiy ta’minot uchun bepul yangilanishni chiqargan va 25 martaga qadar xabarnomalarni yuborishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQShdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Undan oldin esa AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi Hyundai Tucson va Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
Mavzuga oid

13:16 / 24.03.2025
Mask tufayli Tesla deyarli yarim qiymatini yo‘qotdi

09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?

16:53 / 11.03.2025
Donald Tramp Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida Tesla avtomobili xarid qiladi

11:58 / 11.03.2025