Yevropa Ittifoqi Kengaşi Başar Asad rejimi qulagandan keyin «Yevropa Ittifoqining Suriyada inklyuziv siyosiy ötişni qöllab-quvvatlaş va uning tez iqtisodiy tiklanişi, qayta quriş va barqarorlaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlari» doirasida Suriyaga qarşi sanksiyalarni yumşatişga qaror qildi. Bu haqda 24 fevral, duşanba kuni uning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

Xususan, yumşatiş energetika va transport sohalari bilan boğliq moliyaviy va bank operatsiyalariga, şuningdek, «gumanitar maqsadlar va rekonstruksiya qilişga» ta’sir qiladi. Beş taşkilot ham sanksiyalar röyxatidan çiqarib taşlanadi: törtta bank va Syrian Airlines aviakompaniyasi. Bundan taşqari, Suriyaga haşamatli tovarlarni eksport qilişni taqiqlaş böyiça istisno joriy etiladi.

«Bugungi qarorga muvofiq, Kengaş öz işini davom ettiradi va keyingi iqtisodiy sanksiyalarni töxtatib turiş imkoniyatlarini baholaydi. Şuningdek, bunday töxtatib turişning örinli bölişini ta’minlaş uçun mamlakatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatişda davom etadi», — deyiladi bayonotda.

AFP xabar berişiça, Suriya taşqi işlar vazirligi rahbari Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni yumşatiş qarorini olqişlagan.

Kaya Kallas: Çeklovlar yangilanişi mumkin

2025 yil yanvar oyi oxirida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Suriyaga qarşi sanksiyalar rejimining kelajakda yumşatilişini izohlar ekan, Damaşqdagi yangi hokimiyat «notöğri qadamlar qöysa» Yevropa Ittifoqi tomonidan çeklovlar yangilanişi mumkinligini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Damaşqdagi Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi işining qayta tiklanişi mumkinligini e’lon qildi.

Dpa axborot agentligining yozişiça, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni yumşatiş orqali Suriyaning yangi rasmiylariga demokratiyani barpo etiş uçun rağbat bermoqçi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi buning natijasida suriyalik qoçqinlarning bir qismi öz vataniga qaytişiga umid qilmoqda.