Metallica rok guruhi Bleksburg şahrida joylaşgan Virginiya texnologiya universitetining «Leyn» stadionida konsert berdi. Ştat seysmologik observatoriyasi (VsO) ma’lumotlariga köra, konsert vaqtida hududda kiçik zilzila kuzatilgan.
Qayd etilişiça, kuçsiz zilzila mahalliy futbol işqibozlari uçun an’anaviy madhiyaga aylangan Enter Sandman kompozitsiyasi ijro etilgan vaqtga töğri kelgan. Bu vaqt stadionga töplangan qariyb 60 ming kişi sinxron tarzda sakraşni boşlagan.
«Leyn»dan bir kilometr uzoqlikka örnatilgan seysmograf tuproqning kuçsiz harakatini qayd etgan. VsO direktori Martin Çapmaning sözlariga köra, zilzila kuçli Rixter şkalasi böyiça 1 balldan kuçsizroq bölgan va konsert ötkazilgan hududdan taşqarida kuzatilmagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil iyun oyida amerikalik qöşiqçi Teylor Sviftning Şotlandiya poytaxtidagi konserti davomida ham seysmik faollik qayd etilgandi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga köra, yer yuzasidagi tebranişlar 7-9 iyun kunlari kuzatilgan va şou ötkazilgan joydan 6 kilometr uzoqlikkaça yoyilgan.








