O‘zbekiston | 19:46 / 26.02.2025
8870
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi xonadonlarning birida gaz portladi

Hodisa oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Foto: Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yashnobod tumanida gaz chaqnashi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 fevral kuni soat 17:37 da Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani «Do‘stobod» MFY, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xonadon portlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xonadonda isitish pechidan gaz sizib chiqib to‘plangan hamda uy egalari chiroqni yoqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda bir kishi hodisa joyida vafot etgan.

Mavzuga oid