AQSh Rossiyani ko‘ndiradi, Yevropa esa tinchlikparvar kuchlar kiritadimi?
Bu hafta Makron va Starmer navbatma-navbat Tramp qabulida bo‘lishdi. Ko‘rinib turibdiki, Vashington, London va Parij o‘rtasida Ukrainadagi urush bo‘yicha kelishuv nuqtalari bor, lekin ayrim masalalarda jiddiy tafovutlar saqlanib qolyapti. Siyosatshunos Farhod Tolipov kulminatsiyasiga yaqinlashayotgan Rossiya–Ukraina urushi va AQSh–Yevropa muzokaralari xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

Dastlab 24 fevral, dushanba kuni Makron Tramp saylanganidan keyin Oq uyga borgan birinchi Yevropa yetakchisi bo‘ldi. Ular sulh kelishuvini yaqin haftalarda muhokama qilish mumkinligini ta’kidlashgan. Trampning pozitsiyasi ko‘proq vositachilikka asoslangan bo‘lsa, Makron Yevropaning bevosita ishtirokini oshirish tarafdori.
Asosiy tafovut shundaki, Tramp aniq xavfsizlik kafolatlari yoki harbiy yordam masalasida qat’iy bayonot bermagan. U muzokaralar orqali sulhga erishish tarafdori bo‘lsa, Parij, Yevropa Ittifoqining bir qismi sifatida, Ukraina mudofaasini kuchaytirishga sodiqligini bildirgan.
Farhod Tolipovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Britaniya, Fransiya va Germaniya birgalikda Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborib, Kiyevni himoya qilish uchun konsepsiya ishlab chiqayotgan bo‘lishi mumkin.
“Makron va Trampning fikrlari mos kelmagan bo‘lsa-da, ikki tomonning ham asosiy maqsadi tinchlikka erishish ekanida uyg‘unlik borligi sezilyapti.
Shuningdek, agarda Tramp va Zelenskiy nodir metallar masalasida kelishuvga erishsa, AQSh, tabiiyki, Ukrainaga investitsiya kiritadi va hududda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga ehtiyoj sezishi mumkin”, – deydi Tolipov.
Makrondan so‘ng, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Trampga ta’sir etishga harakat qildi. Starmerning Tramp bilan uchrashuvi 27 fevral bo‘lib o‘tdi. Britaniya bosh vaziri Makron kabi Yevropa liderlarining yakdil ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 fevral kuni Volodimir Zelenskiy ham Oq uyda Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
Jahon | 13:09
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025