Rossiya havo hujumidan mudofa kuçlari 4 iyulga ötar keçasi mamlakatning 18 ta regioni, anneksiya qilingan Qrim, Azov dengizi hamda Qora dengizi uzra Ukrainaning 389 ta dronini töxtatgan va yöq qildi, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi. Rossiyaga jami qança dron hujum qilgani ma’lum emas, harbiy idora hisobotida faqat töxtatilgan dronlar haqida gap ketadi.

Peterburg va Leningrad oblasti. Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov şaharga keng kölamli hujum uyuştirilgani haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, şaharda va oblast hududida jami 72 ta dron urib tuşirilgan, ulardan biri Petergofga qulagan. Vayrongarçiliklar va jabrlanganlar haqida aytilmagan.

Şuningdek, Peterburgning Kirov rayonidagi neft terminali hududiga ham zarba berilgan. «Bumaga» va Astra naşrlari terminalda yonğin çiqqani aks etgan foto va videolarni e’lon qilgan.

Peterburg neft terminali Peterburgning asosiy porti yaqinida joylaşgan bölib, temiryöl, quvurlar va dengiz yöli orqali neft hamda neft mahsulotlarini taşişdagi muhim tugun vazifasini ötaydi. Kirov rayonidagi uşbu obektda 3 iyun kuni, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi oçilişi kunida amalga oşirilgan hujumdan keyin ham yirik yonğin röy bergandi.

Astra naşri aniqlik kiritişiça, neft saqlanuvçi rezervuarlar emas, terminal yaqinidan ötgan temiryöldagi sisternalar yonib ketgan. Rasmiylarga köra, «texnogen oqibatlar» allaqaçon bartaraf etilgan. Yaralanganlar yöq. «Bumaga» naşri terminal uzra tutun kötarilmayotganini yozgan.

Leningrad oblasti gubernator Aleksandr Drozdenko xabar berişiça, Visotsk porti hududiga urib tuşirilgan dronlar parçalari tuşgan. Regionning bir neça rayonlarida xususiy uylar şikastlangan. Mahalliy aholi vakillaridan bir kişi jarohatlangan: uşbu ayolga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan, u şifoxonaga yotişdan boş tortgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Peterburgga hujum yuzasidan ma’lumot berdi. «Ukraina mudofaa kuçlari Rossiya uruşi uçun daromad keltiruvçi portning neft infratuzilmasiga zarba berdi, şuningdek, muhim harbiy nişon – Kronştadtga ham zarba berildi. Ukraina davlat çegarasidan masofa – 850 kilometrdan ortiq», – degan u ijtimoiy tarmoqlarda.

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi gap RF Boltiq floti «Kronştadt» bazasi punkti haqida ketayotganini qöşimça qilgan. Idora port hududida yonğin çiqqanini tasdiqlagan.