Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi
Kengash Savdo-sanoat palatasi huzurida faoliyat yuritadi va ayol tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha parlament oldiga masala qo‘yish vakolatiga ega bo‘ladi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu kengash joylarda ayol tadbirkorlarni qiynayotgan hayotiy muammolarni hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlament oldiga masala qo‘yish vakolatiga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda biznesga qiziqqan, lekin ko‘nikmasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi. Ikkinchi bosqichda o‘zini o‘zi band qilgan 100 ming nafar ayolning kichik tadbirkor bo‘lishiga ko‘maklashiladi. Uchinchi bosqichda «Hamroh» kompaniyasi har bir tumanda 2 tadan kichik korxona namunali o‘rta biznes darajasiga olib chiqishga mas’ul bo‘ladi. To‘rtinchi bosqichda eng faol 50 nafar ayol tadbirkor yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshadigan «chempion tadbirkor»ga aylantiriladi.
Umuman, bu yil kasb-hunarga o‘qitish, ishli qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 2 million nafar ayolning bandligini ta’minlash maqsad qilingan.
«Oldimizga barcha soha va yo‘nalishlarda g‘oyat ulug‘vor maqsadlarni qo‘ymoqdamiz. Bunga erishish uchun biz tayanadigan yetuk avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish siz, azizlarning – fidoyi onalarning qo‘lida», – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, tadbirda prezident qarori hamda farmoni bilan taqdirlangan ayol qizlarga orden va medallar, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari topshirildi.
Mavzuga oid
08:32 / 04.10.2025
Jiddada birinchi O‘zbekiston-Saudiya tadbirkor ayollari forumi o‘tkaziladi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025