Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy dengizda neft tankeri va konteynerovoz to‘qnashib ketdi
Hodisa oqibatida har ikki kemada ham yong‘in chiqqan. To‘qnashuv joyiga qutqaruv kemalari va vertolyot jo‘natilgan.
Shimoliy dengizda AQSh bayrog‘i ostida harakatlangan Stena Immaculate neft tankeri hamda Portugaliyaning Solong konteynerovozi bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Buyuk Britaniya sohilni qo‘riqlash xizmatiga tayanib, The Telegraph xabar berdi.
To‘qnashuv mahalliy vaqt bilan soat 09:48 da Xall shahri sharqidagi Sharqiy Yorkshir qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan. BBC’ning yozishicha, konteynerovoz langar tashlab turgan neft tankeriga borib urilgan.
Hodisa oqibatida har ikki kemada ham yong‘in chiqqan. To‘qnashuv joyiga qutqaruv kemalari va vertolyot jo‘natilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda to‘qnashuvdan keyin yuzaga kelgan yong‘inning foto va videolari tarqalmoqda. Ularda tanker ustidagi qora tutunni ko‘rish mumkin.
Hodisa joyida qutqaruv-qidiruv operatsiyalari o‘tkazilmoqda. Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, tanker va konteynerovoz to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
15:29 / 03.01.2026
RF AQShdan Venesuela sohillari yaqinida tankerni ta’qib qilmaslikni so‘radi
08:30 / 29.11.2025
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida RF “soya floti”ga tegishli ikki kema yonib ketdi
13:51 / 02.10.2025