Hörmuz böğozini kesib ötişga uringan tanker dron zarbasi berilişi oqibatida çökmoqda, deb xabar berdi Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB).

Reuters agentligining yozişiça, Hörmuz böğozida Skylight deb nomlanuvçi tanker çökmoqda.

Unga Ömon sohillari yaqinida Eron droni bilan hujum qilingan. Tanker Palau bayroği ostida suzayotgan bölgan.

OAVning yozişiça, ayni paytda tanker ekipaji evakuatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Reuters Islom inqilobi qöriqçilari korpusining harbiy-dengiz floti kemalarga Hörmuz böğozini kesib ötişni taqiqlagani haqida xabar qilgandi. Ammo Eron tomoni bu xabarni rasman tasdiqlamagan.