Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesildi
Daraxtlarni nobud qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, Sho‘rquduq mahallasida 103 tup daraxt noqonuniy nobud qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Aniqlanishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda 2025 yil 11 fevral kuni Ko‘kdala tumani, Sho‘rquduq mahallasi hududidagi yer maydonida fuqaro N.O. tomonidan 103 tup ko‘ktol noqonuniy ravishda butunlay kesib tashlangan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
20:12 / 04.07.2026
Daraxt va butalarni kesish, shakl berish hamda ko‘chirib o‘tqazish tartibi belgilandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026