Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Vengriyaning yetakchi Daily News Hungary elektron nashrida "Vengriya universiteti Nobel mukofoti sovrindori kashf qilgan shifobaxsh o‘t asosida yangi "mo‘jizaviy dori" ishlab chiqishi mumkin", sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Shutterstock
"Shirin shuvoq ming yillar davomida xitoyliklar va yevropaliklar tomonidan ishlatilgan eng qadimgi o‘simliklardan biridir. 2015 yilda xitoylik tadqiqotchi Tu Yuyu bezgakni davolashda 100 foiz samaradorlikni ko‘rsatgan shirin shuvoqning faol komponentini ajratib olgani uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Endilikda Vengriya universiteti O‘zbekiston bilan hamkorlikda ushbu o‘simlikdan faol qo‘shimchalarni yaratishni rejalashtirmoqda", – deb yozilgan maqolada.
Vengriyaning Világgazdaság iqtisodiy nashri xabar berishicha, Debretsen universitetida yangi biologik faol moddalarni ishlab chiqish allaqachon boshlangan. Vengriya-O‘zbekiston qo‘shma ilmiy-tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar (R+D+I) loyihasi doirasida olimlar o‘simlikdagi faol moddalar miqdori u yetishtiriladigan tuproq va ob-havo sharoitiga qarab qanday o‘zgarishini o‘lchamoqda.
Ma’lum qilinishicha, faol moddalar ekstraktining samaradorligini o‘rganish uchun hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Loyihaning o‘zbekistonlik hamkori Toshkent farmatsevtika instituti, sanoat hamkori esa Vengriyaning Meditop Pharmaceutical Ltd. farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi.
"Vengriya-O‘zbekiston hamkorligi doirasida mahsulot ishlab chiqarish allaqachon boshlangan. Debretsen universiteti farmatsiya fakulteti dekani Ildiko Backayning aytishicha, o‘zbekistonlik hamkorlar universitetda faoliyat yuritayotgan sanoat parkiga o‘xshash sanoat parkini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Loyiha har ikki davlat hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani bois, dekan hamkorlikni kengaytirish, jumladan, masalan, bakteriofaglar asosidagi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishni kengaytirish mumkinligiga umid qilmoqda", – deya ta’kidlangan nashrda.
Qayd etilganidek, turli xalqlarning an’anaviy tibbiyotida shuvoqning yuzlab turlari keng qo‘llanadi. Misol uchun, amerikalik hindular isitmani tushirish uchun Artemisia ludovicianadan keng foydalanganlar. Ushbu o‘simlik shuningdek, an’anaviy xitoy tibbiyotining bir qismidir.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

16:48 / 13.07.2025
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:38 / 08.07.2025
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi

16:17 / 07.07.2025