Germaniyada Qrimga turbina yuborgan Siemens menejerlari sud qilinadi
Aniqlanishicha, Siemensʼning elektr energiya ishlab chiqarishda foydalaniladigan turbinalari 2017 yilda Rossiya yarimorolda qurayotgan ikkita elektr stansiyasiga yetkazib berilgan.

Foto: dm.energy
Hamburg okrug sudi Siemens sanoat konsernining sobiq ikki rahbariga nisbatan jinoiy ta’qibni boshladi. Ular sanksiya rejimini buzgan holda Qrimga gaz turbinalarini eksport qilishga ko‘maklashishda ayblanmoqda, deb yozadi Reuters.
Sanksiyalarning buzilishiga oid ish 2024 yil bahorda qo‘zg‘atilgan — Hamburg prokuraturasi to‘rt nafar Germaniya fuqarosi va bir nafar Fransiya—Shveytsariya fuqaroligiga ega shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilgan. Ammo keyinroq okrug sudi ta’qib uchun asos yetarli emasligi bois uch nafar figurantga qarshi tergovni to‘xtatgan. Sudda mazkur ish bo‘yicha ayblanayotganlar ismi oshkor etilmagan.
Siemens vakillari kompaniya ushbu sud jarayoniga izoh bera olmasligini, biroq ish konsernga qaratilmagani, ayblanuvchilar hozirda u yerda ishlamayotganini ma’lum qildi. Konsernning turbina biznesiga egalik qiluvchi Siemens Energy ham ayblanayotgan ikki xodim endilikda kompaniya ishchisi emasligi bois, holatga izoh berishdan bosh tortdi.
Yevroittifoq va AQSh sanksiyalariga ko‘ra, g‘arb kompaniyalarining Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan Qrimga energiya yoki energiya uskunalarini yetkazib berish taqiqlangan. Ammo cheklovlarga qaramay, Siemensʼning elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladigan turbinalari 2017 yilda Rossiya yarimorolda qurayotgan ikkita elektr stansiyasiga yetkazib berilgan. O‘shanda Siemens turbinalarni rossiyalik buyurtmachiga sotganini, ular Rossiyadagi stansiyalarga o‘rnatilishi kerak bo‘lgani va uskunalar Qrimga yuborilishini bilmaganini ma’lum qilgan.
2022 yil fevralda Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyin g‘arb davlatlari RFga keng ko‘lamli sanksiyalarni joriy etdi. Xususan, harbiy, aviatsiya, neft va gaz hamda boshqa sohalar uchun mo‘ljallangan texnologiya va uskunalarni Rossiyaga yetkazib berish taqiqlangan. Ammo Rossiya ushbu cheklovlarni chetlab o‘tishning yo‘llarini topmoqda. Masalan, 2024 yil iyulda mamlakatga g‘arbda ishlab chiqarilgan yuz minglab yarimo‘tkazgichlar olib kelinayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:00
-
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 17:55
-
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?
O‘zbekiston | 17:47
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 17:44
Mavzuga oid

08:35 / 19.04.2025
Bloomberg: AQSh Qrimni Rossiya hududi deb tan olishga «ochiq»

20:19 / 04.04.2025
Rossiya KXDR qo‘shinlarini Qrimga joylashtirishi mumkin

15:08 / 31.03.2025
Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin

12:15 / 19.03.2025