Safar davomida Ilyas Gyujlyu Özbekiston hukumati va işbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi. Taşqi işlar vazirligida mehnat migratsiyasi va özbek mutaxassislarini Germaniyada işlaşga tayyorlaş böyiça til markazini taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.

Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan Frankfurt-Mayn şahrida Özbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatxonasini oçiş va özbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib çiqiş istiqbollari xususida fikr almaşildi.

Stark Legal yuridik firmasi rahbari Ilyas Gyujlyu Sirdaryo viloyatiga safari çoğida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov bilan uçraşuv ötkazdi.

Unda investitsiyaviy loyihalar, jumladan, Siemens kompaniyasi iştirokida "yaşil" logistika markazini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Loyiha har qanday iqlim şaroitida işlaydigan quruq portni quriş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etişni öz içiga oladi.

Muzokaralar davomida hamkorlikni yanada rivojlantiriş va tegişli memorandumlarni işlab çiqiş böyiça kelişuvlarga erişildi.