Namangan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev hamda Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev o‘rtasida noqonuniy radarlar masalasida “xatlar jangi” bo‘lib o‘tdi. Hokim shahar hududida belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlarni olib tashlashni so‘ragan bo‘lsa, podpolkovnik unga javoban hokimlik tasarrufidagi xizmat mashinalari sodir etgan qoidabuzarliklar bo‘yicha qarzdorliklarni to‘lab qo‘yishni so‘radi.

Fuqarolarga zarar keltirmoqda”

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev 2025 yil 12 aprel kuni Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyevga rasmiy xat bilan murojaat qildi.

Xatda keltirilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kameralarning “jarima yozishi” norozilik kayfiyati ortishiga sabab bo‘lmoqda.

“Jamoatchilik, yoshlar tomonidan aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muhokama yig‘ilishlarida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari tomonidan jarimalarning qo‘llanishidan norozilik kayfiyatlar ortib borishi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda olib borilayotgan boshqaruvga nisbatan salbiy fikrlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, bino-inshootlarning tom qismlari, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi yoritish tayanchlariga belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalarning qo‘llanishi oqibatida Namangan shahri fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirmoqda”, deyiladi xatda.

Hokim xatida Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid ravishda o‘rnatilgan kameralarni KAAT tizimidan o‘chirish hamda ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qo‘llash ishlarini to‘xtatish so‘ralgan.

Hokimlikning qoidabuzar mashinalari

Oradan ko‘p o‘tmay, 2025 yilning 22 aprel kuni Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayevning noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlash haqidagi xatiga javob