Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi
Xodim bemorlarga og‘riq qoldiruvchi yoki tinchlantiruvchi dorilarni quyishda dozani qasddan, haddan tashqari oshirib yuborgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Rhein-Maas Klinikum
Germaniya g‘arbidagi shifoxonada ishlagan tibbiyot xodimi 9 bemorni o‘ldirishda va yana 34 bemorni o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda, deb xabar berdi Bild mahalliy prokuraturaga tayanib.
Erkak Vyurselen shahridagi klinika xodimi bo‘lgan. 2024 yilda shifoxona rahbariyati uning ishidagi shubhali holatlarni payqab, politsiyaga murojaat qilgan.
Xodim 2024 yil iyul oyida hibsga olingan va 11 ta qotillikka urinishda ayblangan. Tibbiyot xodimining qurbonlari va jabrdiydalari sonini aniqlash uchun huquq-tartibot idoralari bir qancha jasadni eksgumatsiya qilgan.
Fevral oyida prokurorlar xodim 5 kishini o‘ldirgani va yana 25 bemorni o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytdi. Keyinchalik bu ishga yana to‘rtta qotillik va to‘qqizta qotillikka urinish qo‘shildi.
Xodim palliativ yordam bo‘limida ishlagan, u yerda og‘ir yoki o‘ta og‘ir bemorlar simptomlarini yengillashtirish uchun yordam oladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak bemorlarga og‘riq qoldiruvchi yoki tinchlantiruvchi dorilarni quyishda dozani qasddan, haddan tashqari oshirib yuborgan. Shu tariqa tibbiyot xodimi noxush hodisasiz tungi smenani «tinchgina» o‘tkazishga harakat qilgani ta’kidlanmoqda.
Aahen prokuraturasi 44 yoshli erkakka ayblov e’lon qilgan.
Gumonlanuvchining qurbonlari orasida shifoxonadan javob beriladigan bemorlar ham bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Jabrlanganlarning ba’zilari tinchlantiruvchi dori vositalarining haddan tashqari katta dozasi tufayli jiddiy oqibatlarga duch kelgan. Qayd qilinishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10
-
Suriyada alaviylar qirg‘ini: yangi hukumat buni hal qilishga va’da bermoqda, ammo savollar ochiq qolmoqda
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

15:27 / 15.03.2025
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi

11:18 / 14.03.2025
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

19:18 / 12.03.2025
“Talablari juda og‘ir, hukumat qiyinchiliklarga duch keladi” – Germaniyadagi ish tashlashlar haqida suhbat

22:11 / 11.03.2025