Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Rossiyaning 65 nafar fuqarosiga yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi
Ushbu fuqarolarning ta’kidlashicha, ispaniyalik diplomatlar ularga tegishli hujjatlar tez orada ma’qullanishini va’da qilgan, ammo bu amalga oshmagan.
Ispaniya hukumati 65 nafar Rossiya fuqarosiga mamlakatda yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi, deb xabar berdi El Pais gazetasi. Ular orasida jurnalistlar, huquq himoyachilari va faollar bor.
Qayd etilishicha, ular mamlakatga gumanitar viza orqali kelgan. Ushbu fuqarolarning ta’kidlashicha, ispaniyalik diplomatlar ularga tegishli hujjatlar tez orada ma’qullanishini va’da qilgan, ammo bu amalga oshmagan. Qirollik TIV ushbu masalada biror-bir kelishuv bo‘lganini rad etmoqda.
«Ispaniya 65 nafar rossiyalik muxolifatchini noaniq vaziyatda qoldirdi, ular qirollik Tashqi ishlar vazirligini va’da qilingan yordam va hujjatlarni berishdan bosh tortishda ayblamoqda», — deyiladi xabarda. Guruh koordinatori Yegor Kuroptevning so‘zlariga ko‘ra, agar yashash guvohnomasini olish bo‘yicha kafolatlar bo‘lmaganida, ular Ispaniyaga kelmagan bo‘lar edi.
El Pais’ning Ispaniya TIVdagi manbasining aniqlik kiritishicha, rossiyaliklar uchun yagona variant — bu boshpana taqdim etilishini so‘rab, ariza yo‘llash. Shu bilan birga, qirollikning migratsiya xizmati allaqachon insonparvarlik asosidagi bir nechta rezidensiya arizalarini rad etgan, chunki ularning Rossiyaga qaytishdagi xavf darajasini yetarli deb hisoblamagan.
Gazetaning qayd etishicha, hujjatlarni olishdagi noaniqliklar tufayli ular rasman ishga joylasha olmayapti. Bundan tashqari, Rossiya fuqarolari uzoq muddatga uy ijaraga olish yoki Ispaniyadan chiqib ketishda ham muammoga duch kelmoqda.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Volgograd NQZ ishi to‘xtadi: dronlar CDU va gidrokreking qurilmasini shikastladi
Jahon | 09:13
-
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
O‘zbekiston | 08:53
-
So‘rovnoma: nemislarni eng ko‘p migratsiya va iqtisod tashvishlantiryapti
Jahon | 08:52
-
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 08:51
Mavzuga oid
22:23 / 26.10.2025
«Real» El-Klasikoda «Barselona»ni mag‘lub etdi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025