Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi
Ta’til 7 kun davom etadi, darslarga 28 mart kunidan qaytiladi.

Foto: Kun.uz
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 21 martdan boshlanishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 2025 yil 21 mart kunidan boshlanadi.
Ta’til 27 mart kuniga (7 kalendar kun) qadar davom etadi.
IV o‘quv chorak darslari 2025 yil 28 mart kunidan boshlanadi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.
Mavzuga oid

17:31 / 07.04.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

16:40 / 18.12.2024