Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi
Zelenskiy Saudiya Arabistonida AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishini, u yerda qisman o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng Rossiya delegatsiyasi AQSh bilan uchrashadi.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Vashington Ukraina va Rossiya armiyalari o‘rtasida qisman o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini tasdiqladi. Uchrashuv 24 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi, dedi u 20 mart, payshanba kuni Osloda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styor bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish rejimini fuqarolik infratuzilmasiga ham uzaytirmoqchi
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Ukrainani «texnik guruh» taqdim etadi. Shu bilan birga, avvaliga Ukraina va Amerika tomonlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, keyin amerikaliklar ruslar bilan uchrashadi, dedi u Vashington taklifiga ishora qilib. Zelenskiyning ta’kidlashicha, muzokaralar mavzusi energiya obektlariga nisbatan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish bo‘ladi.
Shu bilan birga, Ukraina rahbari fuqarolik infratuzilmasi obektlarini ushbu ro‘yxatga kiritishni qat’iy talab qilishini ta’kidladi. Ekspertlar guruhlari bunday obektlar ro‘yxatini tayyorlaydi, deya qo‘shimcha qildi u. «Tomonlar kelishib olgan narsa turlicha talqin qilinishini istamayman», dedi Volodimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va urushni tugatish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin.
Rossiya delegatsiya a’zolari nomini ma’lum qildi
Shu kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 24 mart kuni Ar-Riyodda Rossiya va AQSh delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini e’lon qildi. Muhokamada Qora dengizda kemalar xavfsizligi bo‘yicha tashabbusni yangilash masalasi ham muhokama qilinadi, dedi u. Muzokaralarda Rossiya tomonidan Federatsiya kengashining Xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasin va FSB direktori maslahatchisi Sergey Beseda ishtirok etadi.
O‘z navbatida, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishning boshqa «nyuanslari» va «aspektlari» ham muhokama qilinishini aytdi.
Ukraina va Amerika delegatsiyalarining birinchi uchrashuvi 11 mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi. U yerda AQSh va Ukraina vakillari 28 fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida Volodimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi janjaldan keyin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish imkoniyati bo‘yicha konstruktiv muloqotni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda
Jahon | 01:36
-
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi
Jahon | 00:33
-
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi
Fan-texnika | 00:10
-
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:55 / 22.03.2025
Mavzuga oid

22:50 / 22.03.2025
Osiyo davlatlari tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga yuborilishi mumkin

19:42 / 22.03.2025
Xitoy ham Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborish haqida o‘ylamoqda

17:49 / 22.03.2025
Trampga o‘q uzilganda Putin uning haqiga duo qilgan – Uitkoff

16:24 / 22.03.2025