Yapon restorani aksiyalari narxi sho‘rvadagi o‘lik kemiruvchidan so‘ng tushib ketdi
Hodisa oshkor bo‘lgach, Zensho Holdings aksiyalari qiymati 7 foizgacha tushib ketdi. Vaholanki, oxirgi 12 oy ichida aksiyalar narxi taxminan 25 foizga oshgan edi.
Yaponiyadagi Sukiya restoranlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Zensho Holdings kompaniyasi aksiyalari mijoz sho‘rvasidan o‘lik kemiruvchi topilganidan keyin 7,1 foizga arzonlashdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Qayd qilinishicha, hodisa 21 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Biroq, kompaniya bu haqda faqat o‘lik kemiruvchi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, oradan 2 oy o‘tib xabar bergan.
Yaponiya g‘arbidagi Tottori shahrida sodir bo‘lgan hodisada kemiruvchi sho‘rvaga taom tayyorlash jarayonida tushgan. Ammo xizmatchilar uni buni payqamagan. Restoran sanitariya tekshiruvi uchun yopilgani, unga «begona narsalar» kirib kelishi ehtimolini bartaraf etish choralari ko‘rilgani va xodimlar gigiyena nazorati bo‘yicha qo‘shimcha treningdan o‘tkazilgani ta’kidlanmoqda. Sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng, restoran faoliyatini davom ettirgan. Sukiya voqeani tezroq oshkor qilmagani uchun uzr so‘radi.
Ta’kidlanishicha, hodisa oshkor bo‘lgach, Zensho Holdings aksiyalari qiymati 7 foizgacha tushib ketgan. Vaholanki, oxirgi 12 oy ichida aksiyalar narxi taxminan 25 foizga oshgan edi.
Kontekstdan gap qaysi kemiruvchi - kalamush yoki sichqon haqida ketayotgani aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlarda «omadsiz taom» videolari va skrinshotlari tarqaldi, xususan, SCMP uning fotosuratini nashr etdi.
Sho‘rva ichidagi kemiruvchi hodisasi Sukiya biznesidagi tarkibiy muammoni ko‘rsatmaydi, biroq kompaniya buni yagona hodisa sifatida unutib qoldirolmaydi. Voqeaning Zensho aksiyalariga uzoq muddatli ta’siri qancha mijoz yo‘qotilgani bilan bog‘liq.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
Mavzuga oid

11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

12:15 / 24.03.2025
Yaponiyada stomatologik klinikalar bemorlarni tinchlantirish uchun terapevt itlarni yollamoqda

17:24 / 23.03.2025