Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya va Ukraina bilan Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi – Oq uy
Tomonlar, shuningdek, savdo kemalaridan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olishga ham kelishdi.
Foto: Reuters
Oq uy Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Rossiya bilan Qora dengizda xavfsiz navigatsiyani ta’minlash va «kuch ishlatishni istisno qilish» haqida kelishib oldi. Bu haqda Amerika delegatsiyasining Ar-Riyozda o‘zaro urushayotgan tomonlar bilan uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha matbuot xabarlarida aytiladi.
Tomonlar, shuningdek, savdo kemalaridan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olishga ham kelishdi.
Energetika obektlariga o‘zaro hujumlarni taqiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilinmadi. Oq uy matbuot relizida faqatgina Qo‘shma Shtatlar urushayotgan tomonlar bilan energiya obektlariga hujumlarni 30 kunga to‘xtatish taklifini «amalga oshirish choralarini ishlab chiqishga» kelishib olgani aytiladi.
Ar-Riyozdagi muzokaralar 24 va 25 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. AQSh vakillari Ukraina delegatsiyasi bilan alohida, Rossiya delegatsiyasi bilan alohida uchrashgan.
Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar muzokaralarning «texnik» xususiyatga ega ekanini ta’kidlagan edi.
Hozircha Rossiya va Ukraina muzokaralar yakuni bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot bermadi.
Mavzuga oid
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
22:04 / 23.02.2026
Zalujniy Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
21:40 / 23.02.2026
Epshteyn o‘z arxivlarini oltita maxfiy omborda yashirgan – OAV
20:28 / 23.02.2026