«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi
Ro‘yxatga kiritish yillik moliyaviy aylanma va yaratilgan ish o‘rinlari mezonlari asosida amalga oshiriladi.
«Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
- 2025 yil 1 iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlari;
- kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan sub’yektlarga 100 million so‘mgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti.
Dastur doirasida «chempion» tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar ro‘yxati shakllantirilib, unga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik sub’yektlari kiritiladi:
- tuman (shahar) darajasida – har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 50 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida – har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 500 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- respublika darajasida – yillik aylanmasi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan va 5 mingdan ortiq ish o‘rnini yaratgan tadbirkorlik sub’yektlari.
Mavzuga oid

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

16:11 / 20.03.2025
“O‘ziga ishongan ayollarga alohida hurmat bilan qarayman” - Saida Mirziyoyeva

16:11 / 19.03.2025
Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

12:03 / 19.03.2025