Kembrijda qirol Artur haqidagi afsonalar yozilgan qo‘lyozma parchasi rasshifrovka qilindi
Ushbu parcha Kembrij universiteti kutubxonasidan 2019 yilda topilgan. U Xantingfild mulkidan olingan XVI asrga oid hujjatlar ichida bo‘lgan.

Foto: Cambridge University Library
Kembrij universiteti olimlari qirol Arturga haqida yozilgan o‘rta asrlarga tegishli noyob qo‘lyozma parchasini rasshifrovga qilishga muvaffaq bo‘ldi. Universitet saytida ma’lum qilinishicha, u kutubxonada 500 yildan ortiq vaqt davomida yotgan.
Ushbu parcha Kembrij universiteti kutubxonasidan 2019 yilda topilgan. U Xantingfild mulkidan olingan XVI asrga oid hujjatlar ichida bo‘lgan. Tadqiqotchilar bu matn fransuz tilidagi Suite Vulgate du Merlin — qirol Artur haqidagi afsonalar davomining bir qismi ekanini aniqlagan. U 1275–1315 yillar orasida yaratilgan Lancelot-Graal siklining saqlanib qolgan kam sonli matnlaridan biridir.
Bugungi kunga qadar bu kabi qo‘lyozmalarning qariyb 40 tasi yetib kelgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos. O‘rta asr nusxa ko‘chiruvchilari matnlarni qo‘lda ko‘chirgani sababli har bir nusxa bezaklari va mazmuni jihatidan farqlanadi. Dastlab bu matn XIV asrga oid ser Gaveyn haqidagi hikoya deb hisoblangan, biroq tahlillar uning bundan ham qadimgi va muhimroq — Merlin haqidagi parcha ekanini ko‘rsatgan.
Qo‘lyozma parchasida ikkita sahna mavjud. Birinchida Kambenik jangi tasvirlangan bo‘lib, unda qirol Lot o‘g‘illari va Gaveyn bilan birga sakson hukmdorlariga qarshi jang qiladi. Ikkinchi sahnada esa Merlin arfa chaluvchi qiyofasida qirol Artur saroyiga keladi. Ikkala sahna ham Normand bosqinidan keyin Angliyada zodagonlar tili bo‘lgan eski fransuzchada yozilgan. Ushbu parcha qirol Artur haqidagi romanlar janriga tegishli bo‘lib, u asosan zodagonlar, jumladan, ayollar uchun mo‘ljallangan.
Matn yomon saqlanib qolgan edi. An’anaviy konservatsiya usullari unga zarar yetkazishi mumkinligi sabab tadqiqotchilar raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaror qilgan. Matnni tiklash uchun ular multispektral suratga olish, kompyuter tomografiyasi va 3D skanerlash usullarini qo‘llagan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Zelenskiy qazilmalar bo‘yicha kelishuvdan chiqmoqchi
Jahon | 09:11
-
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obekt to‘xtatildi
Jamiyat | 08:53
-
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi
Jahon | 08:51
-
Putinga urush kerak, Tramp buni tushunib yetgan ko‘rinadi - The Times
Jahon | 08:47
Mavzuga oid

23:23 / 17.09.2021
Oksford va Kembrij ilk bor Britaniya universitetlari reytingida yetakchilikni boy berdi

21:25 / 12.11.2019
Kembrij lug‘ati yil so‘zini tanladi

18:20 / 06.09.2017
FT: «Oksbrij» muvaffaqiyati Britaniya ta'limi tanazzulga yuz tutayotganidan dalolat

22:01 / 04.11.2016