Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
2025 yil 1 apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va to‘lov to‘liq to‘langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi.
Foto: Kun.uz
«Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, barcha turdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda 2025 yil 11 martdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- elektron onlayn auksion savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qilish muddati 15 kundan 5 kunga, takroriy savdolarda – 5 kundan 1 kunga qisqartiriladi;
- takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;
- har takroriy savdoda lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.
2025 yil 1 apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va to‘lov to‘liq to‘langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shartligi belgilandi.
2025–2026 yillarda auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jami maydonining o‘rtacha 10–20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqariladi.
Mavzuga oid
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
09:56 / 28.11.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlandi
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025