Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi
“G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 iyuldan Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etiladi.
2025 yil 1 sentabrdan:
- o‘tkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yig‘im va to‘lovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali undiriladi va hisobi yuritiladi;
- “G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
▪️“yashil yo‘lak”da – xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
▪️“qizil yo‘lak”da – davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
▪️“qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
▪️o‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llanadi.
2026 yil 1 sentabrdan ushbu tartib sinov natijalariga ko‘ra boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yo‘li o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.
2026 yil 1 martdan bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtiriladi.
Bundan tashqari, bojxona ombori rejimida saqlash muddati o‘tgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga o‘tkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi
Jahon | 20:48
-
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
Jahon | 20:45
-
Hindistonda yuz bergan otishma oqibatida 25 nafar turist halok bo‘ldi
Jahon | 20:09
-
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 20:07
Mavzuga oid

12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

12:07 / 01.04.2025