Xususan, deklaratsiya qilayotgan şaxs tomonidan 31-grafa («Yuk joylari va tovar tavsifi». «Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi»)ni töldirişda TIF TN kodlari 07, 08, 0904, 1008, 1202, 1207409000, 2008191900 bölgan tovarlarni rasmiylaştiruvida fitosanitar sertifikatida körsatilgan mahsulot yetiştirilgan tuman (şahar) kodi körsatiladi. Agar fitosanitar sertifikatida ikki yoki undan ortiq tuman (şahar) körsatilgan bölsa, har bir hududga tegişli tovarlar alohida tovar sifatida yoziladi. 

Şuningdek, Özbekiston bojxona hududiga olib kirilgan yoki uşbu hududga olib kirilib, boşqa bojxona rejimiga joylaştirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz keçiş bojxona rejimiga joylaştirişda deklaratsiyalovçi şaxs tomonidan BYuDning  28-grafasi («Moliya va bank ma’lumotlari») ham töldiriladi. 

Bojxona tölovlari tasniflagiçi quyidagi pozitsiyalar bilan töldirilmoqda:

  • Xalqaro kurerlik jönatmalarining (1 kg (brutto) xalqaro kurerlik jönatmasi uçun) bojxona rasmiylaştiruvi uçun bojxona yiğimlari – kodi 15;
  • Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga özgartiriş va (yoki) qöşimça kiritilganlik uçun bojxona yiğimi – kodi 47;
  • Bir intellektual mulk obektini bojxona reyestriga kiritilganlik uçun bojxona yiğimi – kodi 54.

Bitim xususiyati tasniflagiçi va Tovarlarni olib ötiş xususiyatlari tasniflagiçi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda (şu yerda tanişiş mumkin).