2025 yilda bojxona sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

🔸sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
🔸bojxona organlari axborot tizimlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
🔸bojxona organlari tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish.

Bojxona qo‘mitasi tizimida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi. Bunda hududiy boshqarmalarning masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari bosqichma-bosqich tugatiladi.

Bojxona qo‘mitasi tarkibida bojxona sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ixtisoslashgan tuzilma tashkil etiladi. Tuzilmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan:

▪️sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish;
▪️bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qamrab olgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning samarali ishlashini ta’minlash hamda doimiy tarzda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish choralarini ko‘rish.