AQSh sudi AP'ning Oval kabinetga kirish huquqini tiklashni buyurdi
AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatish hukumatga jurnalistlarning qarashlari tufayli ularga kirishni cheklashga ruxsat bermaydi, dedi sudya. U AP'ga Oval ofisdagi brifinglarda qatnashishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi.

Foto: X / Karoline Leavitt
AQSh sudi Oq uyga Associated Press (AP) jurnalistlarining Oval kabinet, Air Force One prezident samolyoti va boshqa joylarga kirishini tiklashni buyurdi — bunda ular boshqa jurnalistlar uchun ham ochiq bo‘lishi hisobga olinadi. Federal sudya Trevor Makfadden 8 aprel, seshanba kuni o‘z qarorini qabul qilishda so‘z va matbuot erkinligini kafolatlovchi AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan Birinchi tuzatishga tayanganini aytdi.
Sudya Makfaddenning aytishicha, AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, agar hukumat ba’zi jurnalistlarga eshikni ochib qo‘ysa, unda boshqalariga qarashlari tufayli uni yopa olmaydi.
Hukumat 13 aprelgacha apellyatsiya shikoyati berishi kerak.
Associated Press xodimlariga fevral oyi o‘rtalarida Oq uyning Oval kabineti va "1-raqamli bort"ga kirishi taqiqlangan edi, chunki tahririyat Trampning buyrug‘iga qaramay, o‘z nashrlarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirishdan bosh tortdi. Oq uy matbuot xizmati agentlikni «dezinformatsiya»da aybladi.
Ushbu qaror tufayli AP 21 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Trampning uch yuqori martabali yordamchisi (Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls, uning o‘rinbosari Teylor Budovich va Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt)ga qarshi sudga da’vo arizasi berdi. Da’vo arizasida Oval kabinetga va prezident samolyoti bortiga kirishning rad etilishi AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishni buzganligi aytilgan, bu endi federal sudya Trevor Makfadden tomonidan tasdiqlandi.
Mavzuga oid

09:05
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

19:53 / 22.04.2025
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan quyosh panellari importiga bojlar belgiladi

13:15 / 22.04.2025